Yoshlarimiz bugun 24-tur doirasidagi uchrashuvni safarda “Neftchi” jamoasi yoshlariga qarshi o‘tkazishdi.
Uchrashuv boshidan yoshlarimiz tashabbuskor bo‘lishdi. Yoshlarimiz mehmonda o‘ynashga qaramasdan, hujumkor o‘yin namoyish etishdi.
Afsuski bu hujumlarda darvozani aniq nishonga olishda omad yetishmadi. Murabbiylarimiz birinchi bo‘limning 39-daqiqasida o‘yinchi almashtirishga majbur bo‘lishdi.
Kichik jarohat olgan o‘ng qanot yarim himoyachimiz Sardor Sa’dullayev, o‘z o‘rnini Anvar Husanovga bo‘shatib berdi.
Bu almashtirish jamoamizga foydali ham bo‘ldi. Aynan Anvar Husanovga oradagi hisobni ochish nasib etdi. Yoshlarimizning 43-daqiqada tashkil etgan hujumini Husanov gol bilan yakunladi – 0:1.
Birinchi bo‘limda darvozalarga boshqa gollar kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘limning boshida ham yoshlarimiz o‘yinni hujumkor boshlashdi. Vaqt o‘tgan sayin maydon egalarining o‘yinida ham jonlanish sezildi.
Endi ular hujumda, jamoamiz esa ko‘proq himoyalanishga majbur bo‘lishdi.
Bugungi uchrashuvda bir qancha o‘yinchilarimizning yo‘qligi tufayli, murabbiylarimizga o‘yinchi almashtirish imkoni kamroq bo‘ldi.
Maydonga tushgan o‘yinchilar ko‘proq harakatlanishga majbur edilar. Bu albatta o‘z ta’sirini ham ko‘rsatdi. Ya’ni futbolchilarimizda charchoq alomatlari ham sezildi.
Uchrashuvning 79-daqiqasiga kelib Otabek Haydarov oradagi hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1.
Qolgan daqiqalar teng kurashlar ostida kechdi va bu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.
Shunday qilib yoshlarimiz uchrashuvda durangga imzo chekishdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlarimiz 15-turdan buyon mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda.
Navbatdagi 25-tur uchrashuvida yoshlarimiz “Dinamo” yoshlarini o‘z maydonida qabul qiladilar.
Yoshlar ligasi 24-tur
“Neftchi” (Farg‘ona) – “Nasaf” (Qarshi) 1:1 (0:1)
12.10.2017. Qirguli, “Neftchi” SK stadioni. 15:30
Hakamlar: Anotoliy Rubakov (Toshkent), Ravshan Kopadze (Farg‘ona), Shoxruh A’zamov (Farg‘ona), Javohir Hakimov (Farg‘ona).
Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent)
Gollar: Otabek Haydarov, 79’-1:1 - Anvar Husanov, 43’-0:1
“Neftchi”: 1.O‘tkir Yusupov (s), 2.Rizo Ayvazov (5.Sardorbek Isoqov 46), 3.Murodjon To‘ychiboyev, 9.SHodiyor Hojimatov, 10.Xurshidbek Asqaraliyev (7.Islombek Karimov 46), 11.Elamonjon Karimov, 18.Javohirbek Rasulov (8.Islomjon Toshpo‘latov 21), 20.Husanboy G‘aniyev (13.Farhod Namozov 72), 21.Mirjamol Ne’matov, 22.Abduqodir Ortiqov (26.Otabek Haydarov 54), 23.Hamidullo Abduhamidov (6.Abdujamil Manazarov 79).
Zaxira: 25.SHuhratillo Rahmonov.
“Nasaf”: 30.Muzaffar Sharipov (s), 4.Jo‘rabek Mannonov, 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 7.Akmaljon Olimov, 15.G‘olib G‘aybullayev, 16.SHarof Muhitdinov, 22.Javohir Shokirov (32.Navro‘z Saidov 62), 28.Sardor Sa’dullayev (14.Anvar Husanov 39), 33.SHoxruh Ne’matov (9.Abubakr Rizo Turdaliyev 84), 35.Islom Rashidxonov, 96.Dadajon Mamatqulov (34.Nurbek Botirov 90+1).
Zaxira: 65.Abduvohid Ne’matov, 45.Alfayzi Ne’matov.
Ogohlantirish: Sirojiddin Qo‘ziyev (29), G‘olib G‘aybullayev (90).