Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Azizbek Omonov: «Kun kelib, akam bilan birga o‘ynasam edi…»

Azizbek Omonov: «Kun kelib, akam bilan birga o‘ynasam edi…»

Baho:
+ | -

Joriy mavsum milliy chempionatimizda bir qator yosh futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishmoqda.

Jumladan, «Lokomotiv»ning iste’dodli yarim himoyachisi Azizbek Omonov «temiryo‘lchilar» safida tez-tez maydonga tushishdan tashqari, muhim gollarga mualliflik qilmoqda.

Xo‘sh, 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi katta futbolga ilk qadamlarini qanday tashlagan? Uning millionlar o‘yinini kasb sifatida tanlashida akasi - darvozabon Asilbek Omonov nechog‘li ta’sir ko‘rsatgan?

Bugungi suhbatimiz shu haqda.

- Azizbek, avvalo, futboldagi ilk qadamlaringiz haqida gaplashsak...

- Bu o‘yinga yoshligimdan mehrim bo‘lakcha. Esimda, vaqtida ko‘chada ertayu-kech  o‘rtoqlarim bilan to‘p tepib charchash nimaligini bilmasdim. Lekin uydagilar dastlab boshqa sport turini tanlashimni istashgan.

Shunday bo‘lsada, kelajagimni aynan futbol bilan bog‘lashni istab, Zarafshon shahridagi futbol to‘garagiga qatnay boshladim.

Avvaliga o‘zimdan 3 yosh katta bolalar davrasida shug‘ullandim. Keyinroq 1997 yili tug‘ilgan tarbiyalanuvchilar guruhiga qo‘shib qo‘yishdi.

- Zarafshonda aynan qaysi murabbiy qo‘l ostida shug‘ullangansiz?

- Futbolda ilk saboqlarni tajribali Viktor Pujalindan oldim. Aniqroq aytsam, uning rahbarligidagi guruhda 4 yil o‘ynadim. Bu vaqtda jamoamiz bir qator musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Natijada 9-sinfni bitirayotgan paytim meni «Bunyodkor»ga taklif etishdi. Bunda aynan Viktor Konstantinovichning xizmatlari juda katta, albatta.

- Demak, Zarafshondan to‘g‘ri «Bunyodkor» akademiyasiga yo‘l olgansiz.

- Ha, shunday. 9-sinfni tamomlagach, «Bunyodkor» akademiyasiga ko‘chib o‘tdim va dastlab AbdumajidToirov hamda Dmitriy Kim qo‘l ostida shug‘ullandim.

Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Aytgancha, ayni payt oliy liga jamoalarida o‘ynay boshlashgan Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Javohir Esonqulov kabi yigitlar bilan bitta yosh toifasida tahsil olganmiz.

Akademiyadagi mashg‘ulotlar barobarida keyinchalik birinchi liga o‘yinlarda maydonga tusha boshladik. Xususan, jamoamiz tayyorlov guruhlari musobaqasida ancha muvaffaqiyatli ishtirok etgandi.

- Lekin «Bunyodkor»dagi sarguzashtlaringiz uncha uzoqqa cho‘zilmadi...

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:26, 14.10.2017.
O'qildi: 3872 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.