Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Welcome back yoki faoliyatiga jonajon klubida nuqta qo‘ygan mashhur futbolchilar

Welcome back yoki faoliyatiga jonajon klubida nuqta qo‘ygan mashhur futbolchilar

Baho:
+ | -

Mana, Ueyn Runi futboldagi samarali yurishining oxirgi yillarini yana «Everton»ga bag‘ishlashga qaror qildi.

Darhaqiqat, katta yulduzlar uchun oxirida ilk qadamlariga guvoh bo‘lgan qadrdon klublariga qaytish eng go‘zal variant hisoblanadi.

Axir muxlislar yillar davomida o‘z kumirlarini yana sevimli jamoalari libosida ko‘rishni orzu qilishadi. Ha, «Real Sosyedad» fanatlari Xabi Alonsoni kuta-kuta charchashdi, Tyerri Anri esa futbol bilan uzoq Nyu-Yorkda xayrlashib qo‘ya qoldi...

Ammo buyuk futbolchining faoliyati yakunida qadrdon klubiga yordam berishni xohlaganiga dalolat bo‘luvchi ta’sirsan tarixlar yetarli. Oxirgi yorqin misol - aynan Ueyn Runi.

Vaqtida «Everton»dan iqtidorli o‘smir sifatida ketgan «shrek» jamoaga butun Angliya futbolining tirik afsonasi maqomida qaytdi.

Football.ua sayti ijodkorlari Ueynga omad tilagan holda, barchasiga ilk klublarida xotima yasashni ma’qul ko‘rgan eng mashhur futbolchilar tarixini yodga olishdi.

Xenrik LARSSON - «Xegaborg»

Faoliyati avvalida: 64ta o‘yin, 23ta gol

Faoliyati oxirida: 2ta o‘yin

Kamtarin «Xegaborg» buyuk Xenrik Larssonni tarbiyalagani bilan e’tibor qozondi. Shved to‘purari sermahsul faoliyatining ilk 4 yilini aynan shu klubda o‘tkazgandi. Diqqatga sazovor tomoni shuki, «Xegaborg» yarim professional maqomiga ega edi va Larsson futboldan bo‘shagan vaqtda boshqa ishlar bilan ham shug‘ullanardi. Umuman olganda, shved hujumchisi ancha kech «ochildi», shunga qaramay, faoliyatining yakuniy bosqichida «Barselona» va «MYU» kabi top-jamoalarda o‘ynadi. Oradan naq 21 yil o‘tgach, Larsson «Xegaborg» safida yana 2 marta maydonga tushdi. Bu vaqtda u 42 yoshni urib qo‘ygandi. Xullas, tan olingan goleador futboldagi so‘nggi o‘yinlarini kamtarin jamoa libosida o‘tkazib, keng jamoatchilik uchun notanish sanalgan klublar ustidan qozonilgan g‘alabalarni tantana qildi.

Fakt. Oxirgi 2ta o‘yindan biri Xenrik uchun alohida ahamiyatlidir. Zero, shved yulduzi unda o‘z o‘g‘li - Jordan bilan birga to‘p surgan.

Xuan Roman RIKELME - «Argentinos Xuniors»

Faoliyati avvalida: -

Faoliyati oxirida: 18ta o‘yin, 5ta gol

Rikelme haqida gap borganida, ko‘pchilik asosan         2ta klub - «Boka Xuniors» va «Vilyarreal»ni esga oladi. Har holda, argentinalik hujumchi ulardan birinchisida faoliyatining katta qismini olib bordi, ikkinchisida esa futboldagi eng yaxshi damlarini boshdan kechirdi. O‘smirlik chog‘i esa «Argentinos Xuniors» safida shug‘ullangandi. To‘g‘ri, Xuan Roman boshida bu jamoaning biror rasmiy o‘yinida ishtirok etgan emas. Fakt shuki, u faoliyati ufqqa yaqinlashgan payt «Argentinos»ga qaytib, rosa bir mavsum to‘p surdi.

Fakt. 18ta o‘yin va 5ta gol - Rikelme xayrlashuv mavsumida ancha munosib natija ko‘rsatib (albatta, o‘z yoshiga nisbatan olganda), futbol bilan xotirjam xayrlashdi.

Daniel AGGER - «Brondbyu»

Faoliyati avvalida: 34ta o‘yin, 5ta gol

Faoliyati oxirida: 43ta o‘yin, 2ta gol

«Liverpul» muxlislari Aggerga har doim katta hurmat bilan qarashgan. Chunonchi, daniyalik himoyachi «qizillar» safida hamisha jonkuyarlik qildi, yuksak sadoqat namunasini ko‘rsatdi. Aniqroq aytsak, Daniel «Liverpul» tarkibida 8 yil to‘p surdi. 30 yoshga to‘lgach esa, «Bron-dbyu»ga qaytdi va yana 2 yildan so‘ng butsasini mixga ildi. Aggerning o‘zi futboldan ertaroq ketish qarorini jarohatlar bilan bog‘ladi. Ya’ni og‘riqlar haddan ortiq qiynagach, u bundan boshqa chora topolmagan...

Fakt. «Brondbyu» Daniya futbolida sovrinlarga doimiy da’vogarlardan biri  sanaladi. Biroq Aggerning qaytishi kutilgan samarani bermadi. Xullas, faoliyati startida Daniya kubogi va superkubogini yutgan faxriy himoyachi oxirgi mavsumda biror sovrin yutolmadi.

Rui KOSHTA - «BENFIKA»

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:44, 16.10.2017.
O'qildi: 4401 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.