Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zbekistonda «Aspire» akademiyasining vakolatxonasi ochiladi

O‘zbekistonda «Aspire» akademiyasining vakolatxonasi ochiladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar amirlik oilasining eng nufuzli vakillaridan biri, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad ol Soniyning akasi, bugungi kunda Qatar amirining  diplomatik masalalar va sportni rivojlantirish bo‘yicha bosh maslahatchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Shayx Jassim bin Hamad bin Xalifa ol Soniy bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida o‘zaro fikr almashdilar. Umid Ahmadjonov Shayx Jassim bilan O‘zbekistonda zamonaviy talablarga javob beradigan bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining vakolatxonasini ochish masalasini muhokama qilib, O‘FF bu borada Qatar bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Gap Dohadagi “Aspire” sport akademiyasi haqida bo‘lib, bu inshootga 2004 yilda Qatar amirining farmoni bilan asos solingan. Akademiyaning bosh maqsadi Qatar sportining kelajagi uchun yosh iqtidorlarni izlash, ularni akademiyaga olib kelib, shu yerning o‘zida ta’lim berish va katta sportchi qilib tarbiyalashdan iborat. Akademiyaning “Iqtidorlarni izlash dasturi” mavjud bo‘lib, bu borada ular Qatar olimpiya qo‘mitasi va Qatar davlatining oliy ta’lim kengashi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Dastur Qatar davlatidagi maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli bolalarni izlab topib, ularga sport bo‘yicha grant dasturlarida ishtirok etishni taklif qiladi.

Akademiyaga dunyoning eng kuchli menejerlari, murabbiylari va ekspertlari jalb qilingan. Futbol ta’limining standartlari bo‘yicha “Aspire” dunyoning eng yaxshi akademiyalaridan biri sanaladi. Jahon futbolining afsonalari Pele, Messi, Raul va Xavi kabilar akademiyaning xalqaro arenalardagi elchisi sifatida faoliyat yuritadi.

“Shayx Jassim janoblari bilan suhbatda biz “Aspire” akademiyasining vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish bo‘yicha kelishuvga erishdik”, - deydi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga. “Menda ushbu akademiya juda katta tassurot qoldirdi. Shayx janoblari bilan bu borada yakuniy kelishuvga erishganimizdan xursandman”.

Shayx Jassim 2004 yildan beri dunyoga mashhur va dong‘i ketgan “Aspire” akademiyasiga rahbarlik qilib keladi.  Shu bilan bir vaqtda u 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning vise-prezidenti ham hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Shayx Jassim bin Hamad bin Xalifa ol Soniy Qatar futbolining bugungi muvaffaqiyatlarining boshida turgan katta namoyandalardan biri hisoblanadi. U 1850 yildan beri Qatarni boshqarib kelayotgan Ol Soniylar amirlik oilasining ishongan vakili sifatida hukumat rahbarlari va shu kabi boshqa nufuzli mehmonlar bilan uchrashadi. Bundan tashqari, u Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad ol Soniyning akasi hisoblanib, Qatar amirligining sobiq valiahdidir. Shu sababli ham Shayx Jassim Qatar amirining nomidan ish yuritadigan davlat namoyandasi sanaladi.

Umid Ahmadjonovning Shayx Jassim bilan uchrashuvi O‘FF prezidentining Qatarga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirilayapti. Tashrif doirasida O‘FF prezidenti Shayx Jassim rahbarlik qiladigan “Aspire”  akademiyasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Umid Ahmadjonov, shuningdek, “Aspetar” sport tibbiyoti markazi va Qatar Futbol Uyushmalarida ham bo‘lib, tashkilotlarning bugungi kundagi faoliyatini ko‘zdan kechirib, Qatar Futbol Federasiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimida ishtirok etgan edi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:18, 18.10.2017.
O'qildi: 2880 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.