Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Joze Mourinyo: «Himoyadagi mustahkam o‘yin – bu jinoyat, ammo futbolda g‘alabalar shunday qo‘lga kiritiladi»

Joze Mourinyo: «Himoyadagi mustahkam o‘yin – bu jinoyat, ammo futbolda g‘alabalar shunday qo‘lga kiritiladi»

Baho:
+ | -

«MYU» bosh murabbiyi Joze Mourinyo YECHL guruh bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Benfika»ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik. De Xea deyarli ishsiz qoldi. Bugun gol o‘tkazib yubormasligimizga ishonchim komil edi. Mudofaa ajoyib o‘ynadi. Ba’zida mustahkam himoya jinoyatdek ko‘rinadi, ammo futbolda g‘alabalar shunday o‘yin orqali qo‘lga kiritiladi.

Pley-off yo‘llanmasini naqd qilishimiz uchun bizga yana 1 ochko, guruh g‘olibligini qo‘lga kiritish uchun bitta g‘alaba kerak. Boz ustiga, ixtiyorimizda 2ta uy o‘yini bor.

«Benfika» darvozaboni kuchli ekanini bilardim, bu haqda futbolchilarni ogohlantirgandim. Raqib posboni o‘zini erkin his qilmasligi uchun bizda ma’lum reja bor edi, ayniqsa, standartlar paytida. O‘tkazib yuborilgan gol paytida uning omadi kelmadi.

«Benfika» 90 daqiqa davomida bosim qila olmasligini bilardik. Ular «Liverpul» qilgan ishni bajara olishmadi. Bosim tashkil qilishmaganida, ular gol o‘tkazib yuborishlari mumkin edi. Shundan keyin biz biroz tezlikni oshirdik va gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Hujumdagi harakatlarimizni inobatga olganda, hisob yanada yirikroq bo‘lishi mumkin edi», – dedi Mourinyo.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:32, 19.10.2017.
O'qildi: 8005 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик