Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Shahzodbek Ubaydullayev: «Keyingi yil Oliy Ligada o‘ynamoqchiman»

Shahzodbek Ubaydullayev: «Keyingi yil Oliy Ligada o‘ynamoqchiman»

Baho:
+ | -

Birinchi liga karvoni asta-sekin oxirlab bormoqda. Bu yil birinchi liga yangi kashfiyotlarni taqdim etmoqda. Turnirda o‘z to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatayotgan "Mash’al-2" jamoasi  xujumchisi Shahzod Ubaydullayev shular jumlasidandir va shu munosat bilan Shahzodni suxbatga tortdik.

Salom Shahzod. Suxbatimiz avvalida oilangiz haqida ikki og‘iz ma’lumot bersangiz.

- Men 1998 yilning 2 mart kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tavallud topganman. Oilada olti kishimiz dadam, ayam, akam, va ikkita singlim bor. Oilada ikkinchi farzandman.

Futbol olamiga kirib kelishingizga kim sababchi bo‘lgan?

- Futbolga kelishimga dadam sababchi bo‘lganlar chunki ularning o‘zlari ham futbolchi bo‘lganlar. Dadamning ismlari Umidjon Jo‘rayev. Dadam bir qancha Oliy va birinchi laga klublarida to‘psurganlar masalan 1996-1999 yillari «Kosonsoy», 2000-2001 “Qizilqum”, 2001-2002 «Andijon», 2003 yili «Metallurg», 2003-2004 «Mash’al», 2005 yili “Sho‘rtan” jamoalarida o‘ynagan.

Sizga futbol sir-asrorlarini o‘rgatgan birinchi murabbiyiz kim?

- Mening birinchi murabbiyim Umarxon Ataxonovdir.

Futbol bilan qachondan shug‘ullanasiz va dastlabki to‘p surgan jamoangiz?

- Futbol bilan 6 yoshimdan boshlab shug‘ullanib kelmoqdaman.  2015-2016 yillari Namanganning «Kosonsoy» jamoasida to‘p surganman

Mening birinchi Professional shartnomam 2016 yil 1 avgust kuni Muborakning «Mash’al» jamoasi bilan bo‘lgan.

«Mash’al»ga qanday kelib qolgansiz?

- «Mash’al»ga kelishimga sabab Dilyaver aka Vaniyev bo‘lganlar. Ular meni «Mash’al» futbol klubida «yosh futbolchilarga e’tibor kuchli, sen o‘zingni ko‘rsatsang, seni oliy liga jamoasiga o‘tishing oson bo‘ladi» deb aytganlar va men ikkilanmasdan «Mash’al» tanlaganman.

«Mash’al-2»da ajoyib statistikani qayd etayapsiz...

- Hozirgacha birinchi ligada gollarim sonini 25 ta bo‘lib turibdi. Bundan tashqari yoshlar ligasida ham to‘p suraman.Hozirgacha yoshlar ligasi doirasida 5 ta to‘p kiritganman. Albatta bu gollar mening jamoadoshlarim sayi harakati bilan urilgan va men ularga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Keyingi rejalaringiz.

- Men 2018 yilda «Mash’al» ning Oliy liga jamoasida o‘ynamoqchiman… 

Manba: www.fcmashal.uz
Kiritildi: 14:30, 24.10.2017.
O'qildi: 3155 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.