Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

APL. «MYU» kichik hisobda «Tottenxem»ni mag‘lub etdi

APL. «MYU» kichik hisobda «Tottenxem»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 10-turi doirasida jadvalda 2 va 3-o‘rinlarni egallab turgan "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari "Old Traffod"da to‘qnash kelishdi.

Mourinyo jamoasi bir nechta turdan beri futbolchilarning jarohati bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan bo‘lsa, Xarri Keyn bu bahsda "shporlar"ga yordam bera olmadi. Birgina yo‘qotishning o‘rni londonliklar uchun sezildi.

Tomonlar tengma-teng o‘yin ko‘rsatishdi. Birgina gol uchrashuv taqdirini hal qilishi mumkin edi. Dele Alli juda yaqin masofadan de Xea qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol eta olmagan bo‘lsa, Romalu Lukaku bosh bilan bergan zarba natijasida to‘p ustunga tegib qaytdi. O‘yinda so‘nggi 10 daqiqa boshlangan paytda mezbonlar muvaffaqiyat qozonishdi. Darvozabon tepib bergan to‘pni Lukaku bosh bilan to‘pni jarima maydonchasi tomon tashladi. Marsial esa himoyachidan qochib ketib, birga-bir vaziyatda Ugo Lyorisni dog‘da qoldirdi.

"MYU" yaxshi himoyalanishning hadisini olganini qolgan daqiqalarda isbotladi. Ushbu g‘alabadan keyin mankunianliklar asosiy raqibidan 3 ochkoga ilgarilab ketdi. "Tottenxem" esa 20 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.

APL, 10-TUR
"MANCHESTER YUNAYTED" - "TOTTENXEM" 1:0 (0:0)
28 oktyabr, 16.30, «Old Trafford»
Gol: 1:0 – 81 Marsyal.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Djons, Valensiya, Bayi, Errera, Yang (Darmian, 90), Matich, Mxitaryan (Lingard, 65), Reshford (Marsyal, 70), Lukaku.
Tottenxem – Lyoris, Vertongen, Devis, OrYE, Alderveyreld, Alli, Dayer, Sissoko (Dembele, 62), Eriksen, Uinks, Son Xeung Min (Lyorente, 62).
Ogohlantirish: Valensiya (73).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:25, 28.10.2017.
O'qildi: 8408 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик