Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 01:00 Vulverhempton 0-3 Nottingem Forest

Paulu Barboza: «Ronaldu termada Keyrush uchun chidab bo‘lmas muhit yaratgandi»

Paulu Barboza: «Ronaldu termada Keyrush uchun chidab bo‘lmas muhit yaratgandi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Bilasiz, Eron termasi butun dunyoda birinchilardan bo‘lib, JCH-2018 yo‘llanmasini naqd qildi.

Ushbu muvaffaqiyat ta’sirida Yevropada ham forslarni ketma-ket ikkinchi marta mundial sari dadil yetaklagan portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrushga nisbatan qiziqish ortib ketdi.

Xususan, «SE» nashri taniqli agent Paulu Barboza bilan aynan uning hamyurti haqida suhbatlashdi.

- Aytingchi, ayni payt Portugaliyada murabbiy Karlush Keyrush haqida nimalarni gapirishmoqda?

- Avvalo, aytishim kerak, bizda Keyrushni Portugaliya milliy jamoasi otasi sifatida bilishadi.

- Nahotki, uning obro‘si shu darajada balandmi?

- Ha. Zero, milliy jamoamizning asosiy qoidalari poydevori ancha oldin aynan Keyrush tomonidan qo‘-yilgandi. Xullas, Portugaliyada uni yuqori saviyali mutaxassis sifatida alohida e’zozlashadi.

- Ammo mamlakat bosh jamoasi aynan Keyrush qo‘l ostida muvaffaqiyatsiz to‘p surgandi-ku...

- Nega endi? Misol uchun, Keyrush yoshlar termasini boshqargan davrida jahon chempioni bo‘lgan. Shuning o‘zi katta gap.

- Biroq asosiy jamoada...

- Gap shundaki, uning ayrim futbolchilar bilan o‘zaro munosabati uncha qovushmadi. Bunday holatda ishlash esa oson emas.

Umuman, terma jamoa natijalarini birgina bosh murabbiyga bog‘lab qo‘yish va omadsizlikda uni aybdor sifatida ko‘rsatish noto‘g‘ri. Chunonchi, Keyrush milliy jamoada ham ulkan hajmda ish olib borgandi.

- Aytishlaricha, u nafaqat futbolchilar, balki klublar murabbiylari va futbol federasiyasi bilan ham kelisholmagandi...

- Ha, shunday.

-  Demak, Keyrush og‘ir xarakter egasi...

- O‘rtada mojarolar yuzaga kelgani to‘g‘ri, lekin ularning aksariyatida murabbiy haq edi. Fakt shuki, Portugaliya termasi boshqaruvi yangi murabbiy ixtiyoriga o‘tganidan keyin ham Keyrush prinsiplariga asosan rivojlandi.

Har holda, shaxsan men uchun Karlush hamon Portugaliya futbolining eng kuchli mutaxassislaridan biridir.

- Xo‘sh, qaysi prinsiplarni nazarda tutyapsiz?

- Keyrush avvalo, Portugaliyaning barcha yosh toifalaridagi terma jamoalari o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lishini ta’minladi. Ya’ni hammani yagona maqsad yo‘lida hamjihat ish olib borishga chaqirdi.

Natijada barcha jamoalarda deyarli bir xil sxema asosida ish tashkil etildi. Murabbiy shuning barobarida yoshlarni diqqat bilan kuzatdi, klublar bilan effektli aloqa o‘rnatdi. E’tibor bersak, Keyrush davrida milliy jamoaga bog‘liqlikni  mukammal darajaga yetkazgan klublardan futbolchi chaqirilardi.

- Aytingchi, Keyrushni portugaliyalik zamonaviy murabbiylar orasida 2-o‘ringa qo‘yish mumkinmi, ya’ni Mourinyodan keyin?

- Nima desam ekan...? Mourinyo hech qachon terma jamoalarda ishlab ko‘rmagan, faqat klublarga ustozlik qilyapti. Keyrush esa milliy jamoalarni muvaffaqiyatli boshqarish barobarida «Manchester Yunayted»da Aleks Fergyusonga assistentlik qilgan.

Bu esa hazil gap emas! Qaytaraman, hozirgi Portugaliya termasi muvaffaqiyatlarida uning xizmatlari ham katta. Umuman, Keyrush uchun terma jamoalar ancha mosroqday. 

- Darvoqe, Fergyuson uni o‘ziga bosh yordamchi sifatida chaqirgani sizni hayron qoldirmaganmidi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:58, 02.11.2017.
O'qildi: 5863 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.