Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Hakamning «Paxtakor» o‘yinlaridagi xatolari tasodif(mi?)

Hakamning «Paxtakor» o‘yinlaridagi xatolari tasodif(mi?)

Baho:
+ | -

«Paxtakor» va «Bunyodkor» o‘yini haqida shu qadar ko‘p gapirib yuborildiki, aytilmagani qolmagandek.

Mana, Aziz Asimov mashhurlikda hattoki, Ravshan Ermatovdan qolishmaydi endi. Ammo bunday shov-shuv ko‘tarishni hech kim o‘ziga ep ko‘rmasa kerak. Asimov brigadasi xatolari haqida futbolga umuman qiziqmaydiganlar ham gapirishmoqda, nazarimizda. Xo‘sh, siz shunday mashhurlikni orzu qilarmidingiz...?

Ammo Aleksandr Lobanov darvozasiga belgilanmagan penalti, avval hisoblanib, keyin bekor qilingan «gol» va Kamoliddin Tojiyevning 1,5 metrlik «ofsayd» holatidan darvozani nishonga olgani o‘z yo‘liga, hozir bu haqda gapirmoqchi emasmiz.

Shundoq ham, OAVda barchasi keng muhokama qilindi-qilinmoqda. Hozir yana shu mavzuda so‘z ochishni istamaymiz. Qanday qaror qabul qilish O‘FF va PFL hukmiga havola. Xullas, e’tiboringizni boshqa bir masalaga qaratamiz.

Hamma hakamning xatolariga mahliyo bo‘lib qolgan vaqtda «Paxtakor» stadioni matbuot-lojasida ham vaziyat ancha keskin edi. Kamina o‘sha keskinlik markaziga tushib qolgandim.

Bunisini endi batafsil tushuntirishga to‘g‘ri keladi. Uchrashuvni o‘z joyida tomosha qilganlar yaxshi bilishadi, «Poytaxt derbisi»ning birinchi bo‘limi ancha sokin o‘tdi. Tanaffusdan keyin esa umumiy manzara butkul o‘zgardi. «Paxtakor» stadionida matbuot xodimlari uchun ajratilgan joy u qadar keng emas.

Nari borsa, 15-20 nafar jurnalist ish olib borishi mumkin. Qolganlar esa o‘yinni tik turgancha tomosha qilishadi. Vaqtida bu noqulaylik xususida klubning sobiq menejeri Samvel Babayanga aytganmiz, ammo samara chiqmagan. Ma’lumot uchun, matbuot-lojasining shundoq yonginasida VIP-mehmonlar uchun kattagina joy ajratib qo‘yilgan.

U yerda xos mehmonlar bemalol, yastanib o‘tirgancha o‘yinni tomosha qilishlari mumkin. O‘rindiqlar tig‘iz terilmagan, har birining orasida yarim metrcha joy bor. Shaxsan o‘zim o‘tgan yili Babayanga murojaat qilib, VIP-lojani birozgina qisqartirib, matbuot xodimlari uchun joyni kengaytirib berishlarini so‘ragandim. Ammo iltimosim darhol rad etilgandi:

«O‘zi shundoq ham VIP-joylar yetmay qolyapti. Chunki o‘yinga taklif olgan mehmonlar ko‘pincha boshqalarni ham ergashtirib kelishadi. Shuning uchun VIP-o‘rindiqlarni kamaytirolmaymiz...». Ha, jurnalist tor joyda ishlasa mayli-ku, xos mehmon siqilib qolmasin. Har holda, avvalgi rahbariyat falsafasi shunday edi. Yana falsafa haqida so‘z ochildimi?

Mayli, to‘xtaymiz. O‘tgan hafta «Paxtakor»ning yangi stadioni loyihasi haqida rasmiy xabar tarqatildi. Umid qilamizki, stadion bitgach, bu muammo ham barham topadi. Ungacha VIP- mehmonlar mulozamat markazida bo‘lishlariga qarshi emasmiz. Chunki mavsum tugashiga 4tagina tur qoldi.

Aftidan, Davomi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:10, 05.11.2017.
O'qildi: 6884 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.