Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Vitaliy Denisov: «O‘zbekiston vatanim, uning sharafini himoya qilishdan g‘ururlanaman»

Vitaliy Denisov: «O‘zbekiston vatanim, uning sharafini himoya qilishdan g‘ururlanaman»

Baho:
+ | -

Moskvaning «Lokomotiv» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov o‘tgan hafta «Sovetskiy sport» nashriga katta intervyu berdi.

Hamyurtimiz suhbat davomida milliy jamoamizning Rossiya-2018 mundiali saralash bosqichidagi ishtirokiga ham to‘xtaldi. Quyida Vitaliyning aynan biz uchun qiziqarli bo‘lgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

- «Lokomotiv» futbolchilari ahilligi haqida ko‘p gapirishadi. Aslida jamoa a’zolari maydon tashqarisida vaqtni qanday o‘tkazishadi?

- Agar qandaydir marosim tashkillashtirilsa, masalan, kimningdir oilasida farzand dunyoga kelsa, o‘sha baxtli insonni tabriklash uchun restoran yoki biror joyga yig‘ilamiz va bayramona tushlik uyushtiramiz.

Shu bahona o‘zaro chaqchaqlashamiz. Qisqasi, hamma qatori yashaymiz, harqalay, qandaydir o‘zgacha dabdaba yo‘q.

- Bo‘sh vaqtda FIFA simulyatori orqali alohida chempionat tashkillashtirishingiz haqidagi gaplar rostmi?

- Ha, bu to‘g‘ri. «Lokomotiv»ning ko‘plab futbolchilari virtual o‘yinga ham qiziqishadi. Biroq shaxsan menga asosan boshqa simulyator - PES ma’qulroq.

Shuning barobarida tan olishim kerak, FIFAga o‘tish vaqti keldi. Aytgancha, Dima Tarasovga qoyil qolish joiz - u barcha turdagi virtual o‘yinlar masalasida juda kuchli va bemalol kibersport bo‘yicha jahon chempionatlarida qatnashishi mumkin.

- O‘zbekiston terma jamoasi haqida ham so‘rashni istardik. JCH-2018 saralash bosqichi davomida yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lgan holda, yakunda yo‘llanmadan quruq qolish hafsalangizni pir qilmadimi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:50, 07.11.2017.
O'qildi: 3141 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.