"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya futbol assosiasiyasi tomonidan kutilgan jazodan qutilib qoldi.
FA APLning 11-turida "Manchester Siti" bilan uchrashuvdan so‘ng (1:3) londonliklar bosh murabbiyiga qarshi sanksiya qo‘llamaslikka qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, Venger o‘yindan so‘ng uchrashuv hakamlari va hakamlarning umumiy saviyasini tanqid qilgan edi.