Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Ronaldu o‘g‘li bilan bog‘liq bir sirni oshkor qildi

Ronaldu o‘g‘li bilan bog‘liq bir sirni oshkor qildi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” hamda Portugaliya terma jamoasi  Krishtianu Ronaldu 7 yoshli o‘g‘li kichik Ronalduning futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanligi haqida aytib o‘tdi.

“U futbolni juda ham yaxshi ko‘radi va doim futbol o‘ynab turadi. Uni ba’zida o‘tirib tushlik qilib olishi uchun majburlashimga to‘g‘ri keladi. Chunki Ronaldu kunduzi va kechasi faqat futbol o‘ynash bilan band. O‘ylaymanki, futbolga bo‘lgan mehr uning qonida bor.

O‘g‘lim juda mehribon, diqqatli va tez do‘stlashib ketadigan bolalar turidan hisoblanadi. Har doim boshqalar bilan ochiqcha gapirishga o‘rgangan.

Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori, kimdir u bilan bir marta gaplashib ko‘rsa, darrov yoqtirib qoladi. Kichik Ronaldu bilan faxrlanadigan sabablar ko‘p, u mening bo‘lajak davomchim”, — deydi Ronaldu Daily Express nashriga bergan intervyusida.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:21, 09.11.2017.
O'qildi: 9206 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.