Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ro‘ziqul Berdiyev: «BAAga qarshi uchrashuvda asosan yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazamiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «BAAga qarshi uchrashuvda asosan yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazamiz»

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizdagi «Miran» mehmonxonasida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ro‘ziqul Berdiyev bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida shuningdek, terma jamoaga jalb qilingan “Buxoro” hujumchisi Ivan Nagayev ham ishtirok etdi.

“Rejamiz bo‘yicha bugun va ertaga Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazamiz, 12-13 noyabr kunlari esa bevosita BAAda mashg‘ulotlarni davom ettiramiz. Hozirda tarkibga jalb qilingan barcha futbolchilar yig‘inga sog‘-salomat tarzda yetib keldi. Biz BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida legionerlar xizmatidan foydalamay, asosiy e’tiborni yosh futbolchilarn sinovdan o‘tkazishga qaratdik”, – deb ta’kidladi Ro‘ziqul Berdiyev.

Fikrini davom ettirar ekan, Berdiyev terma jamoaga bugungi kunda o‘z pozisiyalarida eng kuchli bo‘lib turgan futbolchilar tanlab olinganini bildirdi. Nima sababdan Igor Sergeevning tarkibga jalb qilinmagani haqidagi savolga murabbiy quyidagicha javob berdi:

“Men Igor Sergeevning hujumchi sifatidagi mahoratiga shubha qilmayman. U juda kuchli futbolchi. Sergeev so‘nggi vaqtlar ichida kuchli bosimda qolgandi. Balki, biroz tanaffus uning o‘ziga ham yaxshi ta’sir qilar. Igor Sergeev kelajakda terma jamoaga ko‘p foyda keltirishiga ishonaman”.

Tadbir davomida uzoq tannafusdan so‘ng tarkibga jalb qilingan Ivan Nagayev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men uzoq tannafusdan so‘ng ilk bor terma jamoadan taklif oldim. Terma jamoa bu eng muhim, bizning sharafimiz bo‘lgan jamoadir. Har bir futbolchi bu yerda o‘ynashni orzu qiladi. Men kuch va mahoratimni ishga solib, bu yerdagi o‘z o‘rnimni saqlab qolishga intilaman”, – deb aytgan Nagayev.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziqul Berdiyev BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga 23 nafar futbolchini taklif etgan. O‘zbekiston hamda BAA milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:32, 10.11.2017.
O'qildi: 6193 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.