La liga prezidenti Xavyer Tebas "Barselona" yetakchisi Lionel Messi jamoa bilan yangi shartnoma imzolab bo‘lganini ma’lum qildi.
«Messi bilan shartnoma uzaytirilgan. Shartnoma imzolanganidan keyin u rasman kuchga kiradi, garchi bu haqda e’lon berishmasa ham.
Messi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirdi. Agar meni aldashmagan bo‘lsa, u yangi shartnomaga imzo chekdi», – dedi Tebas.
Kataloniyaliklar prezidenti Jozep Bartomeu sentyabr oyi boshida: «Messi bilan shartnoma imzolangan, faqat suratga tushish qoldi», — degandi.