Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Qo‘qon-1912»: Jizzaxda alamli mag‘lubiyatga uchradik

«Qo‘qon-1912»: Jizzaxda alamli mag‘lubiyatga uchradik

Baho:
+ | -

Bugun jizzaxliklar safida "Qo‘qon-1912"ning bir qator sobiq futbolchilari harakat qilishdi. Muzaffar Abdullayev, Suhrob Qobilov, Sardor Eminov, Umid Qodirovlar turli yillarda jamoamiz sharafini himoya qilishgan.

Zaxiradagi Sardor Qahorov ham o‘tgan mavsumning birinchi qismini Qo‘qonda o‘tkazgan. O‘z navbatida jamoamizda to‘p surayotgan Murod Xolmuhammedov, Akmal Xolmurodovlar o‘tgan mavsumni “So‘g‘diyona” safida o‘tkazishgan.

O‘yinni vakillarimiz hujumkor ruhda boshlashdi. Dastlabki daqiqalarda futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yaratishdi. O‘z navbatida maydon egalari ham shiddatli hujumlar tashkil etib turishdi.

16-daqiqada vakillarimiz jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Muhammadanas Hasanovning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. 28-daqiqada o‘tib borayotgan pallada vakillarimiz penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Murod Xolmuhammedov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Bundan tashqari, bosh hakam mezbonlar o‘yinchisi Ixtiyor Toshpo‘latovga qizil kartochka ko‘rsatdi. 38-daqiqada Filip Rayevas qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Biroq serbiyalik hujumchining yakuniy zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Birinchi taym shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim odatdagidek vakillarimizning faolligi bilan boshlandi. 54-daqiqada Berdiyev-Hasanov-Rayevas kombinasiyasi. Filipning zarbasini mezbonlar posboni qaytardi.

64-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirishdi.  Burchakdan oshirilgan to‘pni Umid Qodirov darvozamizga joylab qo‘ydi.

So‘nggi daqiqalarda Azamat Isroilov hakam tomonidan ikkinchi marta ogohlantirilib, qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Umid Qodirov ikkinchi golini kiritdi.

Shu tariqa Jizzaxdagi bahsda mag‘lubiyatga uchradik .

Oliy liga, 29-tur

“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” – 2:1 (1:0)

Hakamlar: A. Risqullayev (Toshkent), T. Gaynullin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent).

Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

PFL vakili: SH. Rajabov.

Gollar:  Umid Qodirov 64, 90 . - Murod Xolmuhammedov 28 penalti.

“So‘g‘diyona”: 16. Muzaffar Abdullayev, 2. Sardor Qulmatov, 4. Elyor Oripov, 7. Sanjar R)ashidov (s), 8. Suhrob Qobilov, 15. Izzatilo Abdullayev (11. Shoxrux Dostonov-, 17. Ixtiyor Toshpo‘latov, 18. Qahramon Bahodirov (3. Azamat Isroilov)-, 77. Sardor Eminov, 91. Javlon Guseynov, 92. Umid Qodirov.

Zaxira: 99. Shirinboy Abdullayev, 14. G‘ayrat Umirov, 47. Sherzod Jalilov, 55. Sardor Qahorov, 59. Sarvar Jo‘rayev.

“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 7. Jamshid Hasanov, 14. Doniyor Hasanov (10. Javohir Sidiqov-80), 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev, 77. Murod Xolmuhammedov (s), 96. Muhammadanas Hasanov, 99. Filip Rayevas.

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 17. Avaz Mamatxo‘jayev, 25. Iqbol Malikjonov, 27. Doston Meliqo‘ziyev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:57, 19.11.2017.
O'qildi: 2238 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик