Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Bunyodkor» tarbiyalanuvchilari Rossiyadagi xalqaro turnir sovrindori

«Bunyodkor» tarbiyalanuvchilari Rossiyadagi xalqaro turnir sovrindori

Baho:
+ | -

13-18 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida K.I.Beskov xotirasiga bag‘ishlangan XII xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Moziyning ajoyib futbolchisi va murabbiyi bo‘lmish Konstantin Ivanovich Beskov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqada 2004 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat sakkizta jamoa ishtirok etdi. Unda “Spartak”, “Dinamo”, “Lokomotiv” va SSKA (barchasi – Moskva), “Anji” (Mahachqal’al), “Kuban” (Krasnodar), “Bunyodkor” (Toshkent) hamda Yegoryevsk viloyati futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Otabek G‘ulomxo‘jayev va Mirkamol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari birinchi turda “Lokomotiv” futbolchilariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Ikkinchi bahsda o‘smirlarimiz SSKA futbol maktabidagi tengqurlari bilan jangavor durang qayd etishdi – 2:2. Vakillarimiz guruhning so‘nggi o‘yinida Yegoryevsk viloyati futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan 2:1 hisobida ustun kelishdi va ikkinchi o‘rin bilan yarim finalga yo‘llanma olishdi.

Final yo‘llanmasi uchun “Bunyodkor-2004” vakillari Moskva spartakchilari bilan kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad mezbonlarga kulib boqdi – 5:6.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda “Bunyodkor” guruh bosqichidagi raqibi “Lokomotiv” bilan bellashdi. Bu safar Otabek G‘ulomxo‘jayev va Mirkamol Qosimov shogirdlari raqiblaridan revansh olishni uddasidan chiqishdi – 4:3.

Shu tariqa, “Bunyodkor” futbol maktabining 2004 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari K.I.Beskov xotirasiga bag‘ishlab Moskvada o‘tkazilgan XIII xalqaro musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Manba: bunyodkor.com
Kiritildi: 16:07, 20.11.2017.
O'qildi: 2856 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.