Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Monako» bosh homiysi: «Haligacha kompyuterdan foydalanmayman»

«Monako» bosh homiysi: «Haligacha kompyuterdan foydalanmayman»

Baho:
+ | -

«Dinamo» va «Rostov»ning sobiq xo‘jayini, hozirda «Monako» bosh homiysi - Fedcom kompaniyasi rahbari Aleksey Fedorichev yaqinda ESMga intervyu berdi.

U suhbat jarayonida asosan klublarning yozgi transferlar mavsumidagi ishlari yuzasidan fikr bildirdi.

Avvalo, Aleksey Fedorichev haqida oz-moz ma’lumot. Gap rus sarmoyadorlarining G‘arbiy Yevropa futbolini zabt etish harakatini boshlab bergan va og‘ir yo‘lni bosib o‘tgan millionlar o‘yini chin ixlosmandi haqida ketyapti. Mana, ushbu funksionerning «Monako» bilan bog‘langaniga 20 yildan oshdi.

Ya’ni u Fransiya jamoasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan vaqt deylik, Roman Abramovich «Chelsi»ga yaqinlashmagandi ham. Ayni payt Fedorichev «Monako»dagi yagona rus emas. Mazkur klubning 66 foiz aksiyasi uning biznes hamkori - Dmitriy Ribolovlevga tegishli. To‘g‘ri, bu biznesmen knyazlik jamoasi ishlariga 2011 yili qo‘shilgan.

Hozir «Monako»ning ko‘plab muxlislari rahbariyat tutgan yo‘l, ya’ni transfer siyosatidan tashvishdalar. Zero, Fransiyaning amaldagi chempio-ni yozda bir qator yetakchi futbolchilarini sotdi - Bernard Silva, Tyemue Bakayoko, Benjamin Mendi, Kilian Mbappe.

Kuchli e’tirozlarga qaramay, Fyodorichev haq ekanligi va klub to‘g‘ri yo‘ldan borayotganiga shubha qilmayapti. «Bu masalada fikrimni hech qachon o‘zgartirmayman», - deydi u transfer siyosatiga to‘xtalib.

Fedorichev ofisi Monte-Karlodagi mashhur kazinaga yaqin hududda joylashgan. Ammo u bu muassasa mijozi emas. Alekseyning so‘zlari va harakatlari hammasini tasdiqlab turibdi. Umuman olganda, Fedorichev «Monako»ga ta’siri xususida kamtarona fikr bildiradi, garchi barcha moliyaviy masalalardan xabardor bo‘lsada.

Bu gaplar uning qudratli shaxsiy biznes-imperiyasiga nisbatan qarashiga ham taalluqli. Xullas, Fedorichev axborotlarni miyasida saqlaydi: «Ha, haligacha kompyuterdan foydalanmayman. Elektron pochtaga ham befarqman, to‘g‘ri, qo‘l telefonim bor. Shartnomam - qo‘l siqish».

20 yildirki, rus milliarderi asos solgan Fedcominvest kompaniyasi Monakoda faoliyat olib bor-yapti. U bu davrda klub ravnaqi yo‘lida 100 mln. dollardan ko‘proq sarfladi. Biznesmen so‘z o‘yiniga toqat qilolmaydi va o‘zini hamkor emas, bosh homiydek tutishni xush ko‘radi. U chindan ham, asosiy homiy sanaladi.

Fedorichev shuning barobarida hayot yo‘lidan g‘ururlanadi. Chunki oddiy oilaning oddiy farzandi edi va muvaffaqiyatga erishguniga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi.

Otasi «Spartak»ka muxlislik qilgan, ammo bolaligidan futbol hamda xokkeyni birdek yoqtirgan Aleksey negadir «Dinamo»ga ko‘ngil bergan. Uning uchun bitta jamoa bor edi - «Dinamo», faqat «Dinamo».

Fedorichevning o‘zi vaqtida qobiliyatli himoyachilardan sanalgan, ammo harbiy xizmat davrida boshqa ish bilan shug‘ullanishi ma’qulligini tushunib yetgan:

«O‘tgan asrning 80-yillari boshidayoq mamlakat katta voqealar arafasida turgani oydinlashgandi. Shular ta’sirida futbol haqidagi orzularni unutib, biznesning qaysi turi bilan shug‘ullanish xususida bosh qotira boshladim».

Shu tariqa DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:47, 21.11.2017.
O'qildi: 1866 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.