Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Hududiy futbol federasiyalarining umumiy ahvoli tekshiruvdan o‘tkaziladi

Hududiy futbol federasiyalarining umumiy ahvoli tekshiruvdan o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 3 dekabrdagi 304-sonli “Respublikamizda futbolni rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, uning aholi salomatligini mustahkamlash va jismoniy madaniyatini yuksaltirishdagi rolini oshirish bo‘yicha Qarori” ijrosini ta’minlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federasiyalarining futbolni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash masalalaridagi faoliyatini  faollashtirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarini nazorat etish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, O‘zbekiston Futbol Federasiyasining bir qator rahbar xodimlari hududlar bo‘yicha javobgar shaxs etib biriktirildi.

Mazkur rahbar xodimlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi.

Hududlarni o‘rganish jarayonida quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat qaratiladi:

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federasiyalarining umumiy ahvoli;

-hududiy bolalar va o‘smirlar futbol maktabi va futbol klublarining infratuzilmalari, u yerdagi shart-sharoitlar;

-ayollar futboli, mini futbol, sohil futbolini rivojlantirish  bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

-moliyaviy va kadrlar bo‘yicha masalalar;

-musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar;

-murabbiylarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;

-OAV va jamoatchilik, shu jumladan, muxlislar bilan ishlash jarayoni.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:03, 27.11.2017.
O'qildi: 2263 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик