"Real" yarimhimoyachisi Isko Zinedin Zidandek mutaxassis qo‘l ostida o‘ynayotganidan baxtiyorligini ma’lum qildi.
"Zidan menga jamoa uchun muhim futbolchi ekanligimni his qilishim uchun imkoniyat berdi. U meni o‘z pozisiyamda o‘ynatgan yagona murabbiy. Bundan juda mamnunman va maydonda uning ishonchini oqlashga harakat qilyapman" - deydi Isko.
Isko Ispaniya chempionatining ushbu mavsumdagi barcha o‘yinlarida qatnashib kelmoqda va 4 ta gol urib, 3 ta golga to‘p oshirdi.