Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

InterFutbol.uz: -4 o‘rin yoxud -32,54 ball

InterFutbol.uz: -4 o‘rin yoxud -32,54 ball

Baho:
+ | -

Noyabr oyi o‘rtalarida JCH-2018 saralashi «pley-off» o‘yinlari barobarida Osiyo kubogi-2019 kvalifikasiyasi doirasida tur bahslari o‘tkazildi. Aksariyat yetakchi jamoalar esa o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Shularni inobatga olsak, FIFA reytingda keskin o‘zgarishlar ro‘y berishi qiyin masala edi. Amalda xuddi shunday bo‘ldi - 23 noyabr kuni e’lon qilingan yangi reytingda kuchli beshlik tartibi avvalgi holatida saqlanib qoldi

. Faqat yetakchilar orasida Braziliya termasining ochko borasida anchagina yo‘qotishga uchragani e’tiborni tortadi. O‘zbekiston milliy jamoasi esa Suriya va Iroq termalarini oldinga o‘tkazib yuborib, OFK miqyosida 10-o‘ringa tushib qoldi.

Dunyo reytingida esa 80-qatordamiz. Bizdan keyin o‘rinlar JAR, Benin va Falastin termalariga tegishli.

*** O‘zbekiston milliy jamoasi joriy oy avvalgi reytingga nisbatan olganda, 4 pog‘ona pastladi. Ochko bo‘yicha yo‘qotish darajasi esa 32,54 ballga teng.

Buning sababi barchamizga  ma’lum, albatta. Chunonchi, jamoamiz noyabrda 1ta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etib, shunda ham BAA termasiga yutqazdi - 0:1.

*** OFK yetakchisi Eron termasi dunyo miqyosida 34-o‘rindan 32-qatorga ko‘tarildi. Aslida forslar yanada katta sakrashga loyiq edilar.

Zero, ular noyabrda Avstriya va Gollandiya termalariga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarida g‘alaba nashidasini surishdi. Biroq yuqoridagi jamoalarning natijalari Eron termasini keskin ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymadi.

*** 1998 yilning dekabrida jahon reytingida 17-o‘ringa chiqqan Janubiy Koreya termasi 59-o‘rinni band etdi. Vaholanki, koreyslar Kolumbiya va Serbiya termalari bilan «o‘rtoqlik»larda yaxshi natijalarga erishgandilar.

*** Avstraliya termasi esa OFKdan 5-raqam ostida JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani evaziga Osiyo oilasida 2-o‘ringa mustahkam joylashib oldi.

*** Oy yakunlariga ko‘ra, OFK a’zolari orasida o‘rinlar bo‘yicha eng yaxshi o‘sishni KXDR (Q18 o‘rin), Livan (+13 o‘rin) va Indoneziya (+11 o‘rin) termalari qayd etdi. Ochkolar misolida olganda esa, eng yaxshi natijaga erishgan 3ta jamoa tartibi qo‘yidagicha: Livan, KXDR, Ummon.

*** Laos, Yaponiya va Yaman termalari o‘rinlar bo‘yicha hammadan shiddatliroq «quladi». Eng ko‘p ochko yo‘qotgan jamoalar - Yaponiya, Xitoy va Laos termalari.

*** Qo‘shimcha ma’lumot: Livan, Turkmaniston, Iordaniya, Bahrayn va Vyetnam terma jamoalari noyabr oyiga belgilangan Osiyo kubogi-2019 saralashi 5-turidan so‘ng yo‘llanmani naqd qildi.

*** 13 noyabr kuni betaraf hudud - Tailandning Buriram shahrida Malayziya termasi mehmoni bo‘lgan KXDR milliy jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limning o‘zida 22 yoshli Kim Yu Song raqib darvozasiga 3ta gol yo‘llagandi.

Shimoliy koreyaliklar ayni shu g‘alaba tufayli 132-o‘rindan 114-o‘ringa ko‘tarilishdi. Qit’a miqyosida esa 18-o‘ringa. Umuman, joriy oy reytingda sakrash bo‘yicha jahonda ham eng yaxshi natijani KXDR termasi ko‘rsatdi.

*** 14 noyabr kuni Osiyo kubogi saralashi doirasida Xitoy Taypeyi jamoasini qabul qilgan Turkmaniston termasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 10taga yetkazdi (guruhdagi Bahrayn termasida ham shuncha ochko bor).

Rasmiy o‘yindagi mazkur muhim g‘alaba FIFA reytingida o‘z aksini topdi. Tojikiston termasi esa saralashdagi oxirgi 3ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsa-da, hali asosiy vazifani hal qilganicha yo‘q.

***JCH-2018chiptasinioxirgi pallalarda qo‘lga kiritgan jamoalar reytingda quyidagicha o‘zgarishga yuz tutdi: Avstraliya (+4 o‘rin, 747 ochko); Peru (-1 o‘rin, 1128 ochko); Shveysariya (+3 o‘rin, 1190 ochko), Xorvatiya (o‘zgarish yo‘q, 1032 ochko), Shvesiya (+7 o‘rin, 998 ochko), Daniya (Q7 o‘rin, 1099 ochko).

Oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar (o‘rinlar bo‘yicha)

1. KXDR (+18)

2. Livan (+13)

3-4. Burkina-Faso, Indoneziya (+11)

5-8. Avstriya, Liviya, Bahrayn, Namibiya (+10)

9-14. Albaniya, Makedoniya, Lyuksemburg, Ummon, Kuba, Kosovo (+9)

Oy davomida eng katta yo‘qotishga yuz tutgan jamoalar (o‘rinlar bo‘yicha)

1. Laos (-22)

2. Chad (-19)

3. Isroil (-16)

4. Ekvatorial Gvineya (-12)

5-6. Yaponiya, Ekvador (-11)

7-12. Turkiya, Nigeriya, Keniya, Yaman, Malavi, Burundi (-9)

Oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar (ochkolar bo‘yicha)

1. Shvesiya (+125,82)

2. Daniya (+97,82)

3. Avstriya (+70,41)

4. Senegal (+68,91)

5. Burkina-Faso (+65,69)

6. Paragvay (+62,11)

7. Finlyandiya (+58,42)

8. Marokash (+57,91)

9. Shveysariya (+56,44)

10. Albaniya (+54,62)

Oy davomida eng katta yo‘qotishga yuz tutgan jamoalar (ochkolar bo‘yicha)

1. Braziliya (-136,47)

2. Polsha (-114,04)

3. Urugvay (-109,98)

4. Ekvador (-99,71)

5. Argentina (-96,64)

6. Yaponiya (-88,37)

7. Portugaliya (-88,11)

8. Uels (-87,44)

9. Turkiya (-71,72)

10. Angliya (-69,02)

*** 2016 yilning noyabr oyida e’lon qilingan FIFA reytingiga solishtirsak, O‘zbekiston milliy jamoasi 18 pog‘ona pastladi - 62-o‘rindan 80-o‘ringa tushdi.

O‘shanda OFK ro‘yxatida Saudiya Arabistoni termasidan keyin 6-o‘ringa joylashgandik. Oradan roppa-rosa bir yil o‘tib, BAA, Suriya va Iroq termalari bizdan o‘zib ketdi.

*** Eng yuqorida turgan Germaniya va Braziliya termalari orasida atigi 115 ochkolik farq bor. JCHga yo‘l ololmagan Chili termasi 10-o‘rinda, italyanlar esa 14-qatorda. Umuman, yuqori 25talikda Rossiya mundialiga yo‘l ololmagan 5ta jamoa bor.

*** 2016 yil noyabrda kuchli beshlik quyidagi tartibda edi: Argentina, Braziliya, Germaniya, Chili, Belgiya. Hozirgi kuchlilar qatorida birgina Chili termasi yo‘q (uning o‘rniga Portugaliya jamoasi ko‘tarildi): Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya.

*** O‘tgan yili Yevropa chempionatida porlagan Uels termasining bir yil davomida 12-o‘rindan 19-qatorga tushib ketgani ham ajablanarli holat.

OFK jamoalari reytingi (noyabr oyi)

№            +/-         Jamoa                       Ochko        Farq

32            +2          Eron                           798          13,79

39            +4          Avstraliya                 747          33,35

55            -11         Yaponiya                       623          -88,37

59            +3          J. Koreya                    563          -25

60            -3           Xitoy                         561          -65,4

63            0            S.Arabistoni            539          -37,21

73            -1           BAA                             474          -14,39

77            0            Suriya                         442          -8

79            +1          Iroq                           438          8,62

80            -4           O‘zbekiston               437          -32,54

82            +2          Falastin                   427          8,75

87            +13        Livan                         404          51,87

101          +9          Ummon                        350          50,19

102          -5           Qatar                         336          -23,78

105          0            Hindiston                 320          -8,33

107          +6          Iordaniya                  311          29,62

112          +2          Turkmaniston           292          12,69

114          +18        KXDR                          283          50,94

115          +10        Bahrayn                     282          31,39

115          +5          Qirg‘iziston              282          17,39

118          -2           Filippin                  280          7,95

121          -9           Yaman                          268          -28,95

125          -4           Vyetnam                     265          4,17

127          -4           Tojikiston               255          0,32

132          +6          Tailand                     230          5,3

135          +8          Xitoy Taypeyi         221          20,72

143          -1           Gonkong                      189          -22,01

147          +7          Afg‘oniston               181          13,11

150          +5          Myanma                     176          10,21

154          +11        Indoneziya                144          27,4

157          -1           Maldiv or.             135          -8,83

170          +6          Nepal                         98            4,43

170          +3          Singapur                    98            -2,2

170          0            Kambodja                 98            -12,28

174          -4           Malayziya                  97            -13,26

182          -2           Makao                        65            -14,62

184          -22         Laos                           62            -59,99

185          +5          Butan                          55            4,54

188          -2           Quvayt                       52            -5,7

190          -6           Bruney                       45            -19,52

191          0            Guam                           43            -3,38

192          +4          Bangladesh                 38            5,28

196          -4           Sharqiy Timor         32            -10,32

199          -2           Mo‘g‘uliston                17            -13

200          -2           Shri-Lanka                16            -10,76

201          0              Pokistan               15            0,25

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:25, 05.12.2017.
O'qildi: 3287 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.