Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

OFK Prezidenti: «O‘zbekiston Futbol Federasiyasi to‘g‘ri yo‘ldan ketyapti»

OFK Prezidenti: «O‘zbekiston Futbol Federasiyasi to‘g‘ri yo‘ldan ketyapti»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Xabaringiz bor, shu yilning 3 dekabr kuni OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa poytaxtimizga rasmiy tashrif bilan keldi. 

Tashrif chog‘ida OFK prezidenti 4 dekabr kuni “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borib, g‘olib jamoa “Lokomotiv”ga mamlakat Kubogini topshirdi. 

OFKning rasmiy sayti www.the-afc.com Prezident Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifadan yurtimizga tashrifi borasida qisqacha intervyu oldi.Quyida ana shu intervyuning o‘zbekcha tarjimasini e’tiboringizga havola qilamiz: 

"O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasining asosiy birlashtiruvchisi, balki Osiyo futbolining elitasihamdir. 

"O‘zbekiston Futbol Federasiyasi OFKning eng yosh a’zolaridan biri bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonning rivojlanishi juda tez sur’atda davom etmoqda. Men ishonch bilan ayta olamanki, yaqin orada O‘zbekiston Milliy terma jamoasini Jahon chempionatida ko‘ramiz.

Kuchli va faol yangi rahbar Umid Ahmadjonov boshchiligida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini e’tirof etish kerak”, - deydi Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa. 

O‘z o‘rnida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham yuqori martabali mehmonning Toshkentga tashrifi haqida www.the-afc.comsaytiga quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: 

"Osiyo Futbol Konfederasiyasi Prezidenti bizning taklifimizni qabul qilib, poytaxtimizga tashrif buyurgani va u bilan muloqot qilish imkoniyati yuzaga kelgani biz uchun nihotyada katta sharaf.

O‘zbek futbolini yuqori darajaga olib chiqish, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi OFK tashkil etadigan barcha tadbir va musobaqalarda ishtirok etishi  uchun hamma harakatlarni amalga oshirmoqdamiz",  - deydi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:48, 06.12.2017.
O'qildi: 3800 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.