“Manchester Yunayted” rahbariyati Milaning “Inter” klubi yarim himoyachisi Joau Mariu xizmatlariga qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra,”MYU” bosh murabiyi Joze Mourinyo avvalroq, portugaliyalik futbolchi uchun, Xuan Mata va qo‘shimcha to‘lovni taklif qilishgandi.
Ammo “neradzurra”lar bu taklifga rad javobini qaytarishgandi.”Inter” rahbariyati Mata o‘rniga Genrix Mxitaryani berishsa bu taklifni o‘ylab ko‘rishlarini aytishgan.
Ma’lumot uchun, Mariu xizmatlariga PSJ ham qiziqish bildirishyapti.