“Xoffenxaym” klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hujumchi Sandro Vagner “Bavariya” jamoasi a’zosiga aylanishga yaqin turganini aytib o‘tdi.
Nagelsmannning so‘zlariga qaraganda, 30 yoshli germaniyalik futbolchi yaqin ikki hafta ichida myunxenliklar safiga qo‘shiladi.
Joriy Germaniya chempionatining 11ta bahsida Vagner 4ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.