Kirish Ro'yxatdan o'tish

La-Liga. «Real» «Sevilya»ni yanchib tashladi

La-Liga. «Real» «Sevilya»ni yanchib tashladi

Baho:
+ | -

Ispaniya La-Ligasining 15-turidan o‘rin olgan “Real” hamda “Sevilya” klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Uchrashuv madridliklarning yirik 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 3-daqiqada Nacho hisobni ochdi, oradan, 20 daqiqa o‘tib, Ronaldu hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 31-daqiqada Ronaldu belgilangan penaltini to‘g‘ri amalga oshirib, o‘yinda dubl qayd etdi. Shuningdek, Kross va Ashraf Hakimi kabi futbolchilar ham birinchi bo‘lim yakuniga qadar o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa hisob ochilmadi va shu tariqa “Real” o‘z maydonida “Sevilya”ni yanchib tashladi.

Real Madrid – Sevilya 5:0.

Gollar: 1:0 – 3 Nacho, 2:0 – 23 Ronaldu, 3:0 – 31, penalti Ronaldu, 4:0 – 38 Kroos, 5:0 – 42 Hakimi.

Real Madrid – Navas, Valyexo, Marselo, Xakimi, Nacho, Vaskes, Kroos (Lyorente, 63), Modrich (Sebalyos, 71), Asensio, Benzema, Ronaldu (Isko, 76).

Sevilya – Riko, Kyer, Karol, Merkado, Langle, Vaskes (Gays, 71), Pisarro, Navas, Banega (Kron-Deli, 81), Nolito (Sarabiya, 57), Muriel.

Ogohlantirishlar: Navas (31), Banega (37).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:21, 09.12.2017.
O'qildi: 5286 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик