Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

2017 yilda Messi va Ronalduning natijalari qanday?

2017 yilda Messi va Ronalduning natijalari qanday?

Baho:
+-1 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

2017 yil ham oxirlab bormoqda. Xo‘sh ortda qolayotgan yilda dunyo futbolining ikki yulduzi Ronaldu va Messi qanday natijalarga erishishdi? Quyidagi maqolada bunga to‘xtalib o‘tamiz.

Messi "Barselona"da: 54 o‘yin - 48 gol + 14 pas

Ortda qolayotgan yilda Leo Kataloniyaliklar uchun hozircha 48 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalik Ispaniya chempionatida ancha sermahsul yilni o‘tkazgan bo‘lsa ham, Chempionlar ligasida yil davomida atigi 4 ta gol urdi. Bu yil Messi "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlab o‘tmoq joiz. Lionel 8 marta 11 metrlik "nuqta" oldiga kelib, 6 marta darvozani aniq nishonga ola bildi va 2 marta "xet-trik"ka erishdi.

Ronaldu "Real"da: 46 o‘yin - 40 gol + 9 pas

Ronaldu "Real" tarkibida urgan gollari soni 40 taga yetdi. Krishtianu ana shu gollarning 19 tasini Chempionlar ligasida kiritgani tahsinga sazovordir. Portugaliyalik o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi to‘purari bo‘lgan bo‘lsa, bu mavsumda ham hozircha to‘purarlik qilmoqda. U 6 marta penalti tepdi va 2 tasida ashadi. CHLda "Bavariya" va "Atletiko" bilan o‘yinlarda uchtadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Messi Argentinada: 7 o‘yin - 4 gol

Messi terma jamoada dastlabki 6 o‘yinda faqatgina bitta gol urdi. Biroq JCH saralashining so‘ngi o‘yinida uchta gol urib, termasining mundialga chiqishini ta’minlab berdi. U terma jamoada bittagina penalti tepib va uni golga aylantirgan. E’tiborli jihati Lionel termada golli pas bermadi.

Ronaldu Portugaliyada: 11 o‘yin - 11 gol + 4 pas

Krish uchun termadagi faoliyat ancha sermahsul kechdi. U 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urib 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jahon chempionati saralash bosqichida bir marta "xet-trik" va bir marta "poker" qayd etdi. Ikki marta penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi va har ikkisidan ham unumli foydalandi. Ronaldu ham Messi singari termasini jahon chempionatiga chiqishida muhim rol o‘ynadi.

Umumiy statistika maqola davomida

Kiritildi: 15:02, 11.12.2017.
O'qildi: 13873 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик