Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Messi sotilmaydi! Kafolat – 700 million yevro

Messi sotilmaydi! Kafolat – 700 million yevro

Baho:
+3 | -1

Ha, «Barselona» muxlislari uzoq kutgan voqea ro‘y berdi - endilikda ular yengil tin olishlari mumkin. «Ko‘k-anorrang»ga burkanganlar xursand, qolganlarning esa hafsalasi pir.

Lionel Messi kamida 2021 yilgacha Kataloniyada qoladi. Mabodo «Barsa» ofisiga kutilmagan xaridor tashrif buyursa, o‘zi bilan juda katta miqdorda mablag‘ olib kelishi darkor - yangi kelishuvga ko‘ra, argentinalik hujumchining tovon puli yozda xabar berilganidek, 300 emas, balki 700 million yevroni tashkil etadi.

Messining bitimni uzaytirishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar deyarli yarim yildan buyon davom etmoqda. Ko‘raylik-chi, ushbu jarayonda qanday hodisalar kuzatilgan ekan.

Foydali yolg‘on

Dastlab «Barselona» rahbariyati 5 iyul sanasida Leoning shartnomasini uzaytirish bilan bog‘liq barcha ishlar yakunlangani, faqat futbolchining imzo chekishi qolgani haqida xabar berdi.

Messi ta’tildan qaytganidan so‘ng maxsus marosimda ushbu ishni amalga oshirishi kutilgandi. Umuman, 7 iyul kuni klub prezidenti Xosep Bartomeu Catalunya Radio kanaliga bergan intervyusida argentinalikning yangi kelishuvi yuzasidan barcha masala iyundayoq yechimini topganini aytgandi.

So‘ngra «Barselona»ning AQSH bo‘ylab o‘tkazgan turnesi paytida «ko‘k-anorranglilar» rahbari Mayamida ESPN jurnalistlari savollariga javob qaytararkan, ushbu ma’lumotni to‘ldirishga ham ulgurdi: «Messi biroz avval shartnomaga imzo chekib bo‘ldi. Endi Barselonaga qaytgach, maxsus tadbirda buni rasman e’lon qilish qoldi, xolos».

Keyinchalik Neymar transferi bilan bog‘liq jarayon boshlandi, hammaning fikru xayoli ushbu kelishuvga qaratilgani bois Messining shartnomasi biroz unut bo‘ldi.

Shunga qaramay, prezidentning gaplariga ishonmaslikka tayinli sabab yo‘q edi - chunki argentinalik yulduz klub rahbarining so‘zlarini inkor etmayotgandi.

Taqdimot va rasmiy marosim o‘tkazilmagani, Messining qo‘lida ruchka ushlagan holda tushgan surati yo‘qligiga hech kim e’tibor qaratmadi.

Faqat klub #messi2021 xeshtegi ostida ajoyib rolik tayyorlab, unda muxlislarni Leoning «ko‘k-anorranglilar» libosidagi tarixi bilan tanishtirdi. Hamma ushbu videoni ko‘rib o‘zini xotirjam seza boshladi.

Sir ochilib qoldi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:01, 13.12.2017.
O'qildi: 6709 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик