Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

“Real” Beylning bir marta maydonga tushishi uchun qancha to‘laydi?

“Real” Beylning bir marta maydonga tushishi uchun qancha to‘laydi?

Baho:
+ | -1

Madridning “Real” klubi yulduzi Garet Beylning yana jarohat olib, bir oyga maydonga tusholmasligi ma’lum bo‘lgach, "Qirollik klubi"ning sabr kosasi to‘ldi. Undan qutuli chorasini izlamoqda", deb yozadi Ispaniya nashrlari.

Katta ehtimol bilan Beyl qishdayoq boshqa klubga transfer qilinishi mumkin.

Ayni paytda buni istovchilar kundan-kunga ortmoqda. Ispaniyalik iqtisodchilar esa, Beylning "Real"ga keltirayotganini ziyonini hisoblab chiqishdi.

Garet Beylni o‘z tarkiblariga qo‘shib olish uchun Madrid klubi "Siti"ga 100, 7 million yevro bergandi.

Futbolchi  bundan tashqari, shu kungacha "Qirollik klubi"ni 68 million yevroga tushirdi. Chunki uning yillik maoshi 19 million yevro.

“Real Madrid”ning yillik sarf-xarajati 168, 7 million yevro. Garet “Real” libosida bor-yo‘g‘i 159 ta o‘yinda maydonga tushdi. Demak, har bir maydonga tushganiga Garet 1,06 million yevro ishlagan.

U shuncha uchrashuvda atigi 68ta gol urdi. Demak, har bir goliga  2,47 million yevrodan to‘langan.

Bunday  kam foyda keltiruvchi, ammo ko‘p pul oluvchi futbolchi kimga ham kerak?

Ammo qishgi transfer oynasi ochilishi bilanoq, Beylni o‘z shogidlari qatorida ko‘rishni istovchi murabbiylar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ulardan biri esa “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo bo‘lib turibdi.

Katta ehtimollarga ko‘ra, uelslik futbolchi qishda Ispaniyani tark etib, yana “tumanli albion”ga qaytadi.

Ma’lumot uchun, Garet Beyl 2013 yil Angliyaning “Tottenxem” klubidan 100 million yevro evaziga “Real”ga ko‘chib o‘tgandi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 17:17, 15.12.2017.
O'qildi: 6870 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик