Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad 3-1 Selta
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

Javohir Sidiqov — xalqaro musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi

Javohir Sidiqov — xalqaro musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqa munosib ishtirok etib, yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Vakillarimiz dastlab guruhda Myanmaga qarshi uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etishdi. Ikkinchi uchrashuvda esa Vyetnam terma jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoamiz a’zolari finalga yo‘l olishdi.

Finalda qit’amizning kuchli terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib borgan Ravshan Haydarov shogirdlari ikki marta hisobda oldinda borishdi. Ammo yaponiyalik futbolchilar uchrashuvning asosiy vaqtida mag‘lubiyatdan qutulib qolishga muvaffaq bo‘lishdi.

Penaltilar seriyasida ishonchli harakat qilgan terma jamoamiz a’zolari baribir eng kuchli ekanliklarini isbotlay olishdi.

Ushbu musobaqada ajoyib o‘yinlari orqali muxlis va mutaxassislar e’tiboriga tushgan terma jamoamiz yarim himoyachisi, "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchisi Javohir Siddiqov musobaqaning "Eng yaxshi o‘yinchisi" sovriniga munosib deb topildi.

"Bu O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi dastlabki shaxsiy sovrinim. Terma jamoadagi barcha do‘stlarimga, murabbiylarga katta rahmat aytmoqchiman. Bu hali boshlanishi. Katta g‘alabalar hali oldinda", - deydi Javohir Siddiqov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:28, 16.12.2017.
O'qildi: 2233 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.