Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

AFCAS dasturi O‘zbekistonda ham joriy etiladi

AFCAS dasturi O‘zbekistonda ham joriy etiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shu yilning 3-5 dekabr kunlari Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘lgandi.

Tashrif davomida OFK prezidenti O‘zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan yurtimizda futbolni rivojlantirish, o‘zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelgusi rejalar haqida suhbatlashib, Osiyo Futbol Konfederasiyasi bu borada O‘zbekiston Futbol Federasiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Ana shu uchrashuv chog‘ida Osiyo Futbol Konfederasiyasida Asian Football Confederation Administration System dasturini O‘zbekistonda ham qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Asian Football Confederation Administration System dasturi ma’lumotlar bazasi bo‘lib, bu bazada har bir futbol musobaqasi yoki tadbirida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar ma’lumotlari saqlanadi.

Masalan, futbolchining tug‘ilgan yili, bo‘yi, og‘irligi, qaysi klublarda to‘p surganligi, qaysi chempionatlarda ishtirok etganligi va shunga o‘xshash ma’lumotlar jamlanib, o‘sha futbolchiga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar arxivi tuziladi. Bu dastur ayniqsa, bolalar futbolidagi yosh kichraytirish bilan bog‘liq muammolarni oldini olishda juda qo‘l keladi. Chunki dasturga kiritilgan har bir futbolchining ma’lumotlari, uning fotosurati har yili yangilab turiladi.

O‘zbekiston Futbol  Federasiyasi mazkur dasturni yurtimizda joriy qilish borasida sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. 2018 yildan boshlab Asian Football Confederation Administration System dasturi O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yilib, futbol musobaqalari va tadbirlarida ishtirok etuvchi ro‘yxatdan o‘tgan barcha insonlarning ma’lumotlari jamlanadi. Superliga va Pro-ligada qatnashuvchi jamoalar ham mavsum boshida qaydnomalarni aynan mana shu dastur orqali elektron tarzda amalga oshirib borishadi.

Bundan tashqari, har bir futbol maktabi, akademiyalarda mavjud bo‘lgan yosh futbolchilarning barcha ma’lumotlari ushbu dasturga kiritiladi. Natijada, bolalar futbolidagi yosh kichraytirish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarning oldi olinadi.

Shuningdek, futbolchilardan tashqari, murabbiylar, hakamlar, nazoratchilar, komissarlar va shunga o‘xshash futbol musobaqalari hamda tadbirlarida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi ham mazkur dasturda to‘plab boriladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:41, 16.12.2017.
O'qildi: 1512 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.