Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

“Real Madrid” akademiyasi mutaxassisi O‘zbekistonda ish boshlashi mumkin

“Real Madrid” akademiyasi mutaxassisi O‘zbekistonda ish boshlashi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, futbol maktablarida Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o‘quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg‘ulotlarni yangi uslubda, Yevropa andozalariga mos ravishda o‘tkazish va shu yo‘l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlash maqsadida yurtimizga xorijlik mutaxassislar jalb qilinayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. 

Ma’lum qilinganidek, shu yilning 17 dekabr kuni serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Miloslavlevich poytaxtimizga tashrif buyuradi. Uning mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha dasturi  O‘zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyatiga ma’qul kelsa, Zavisha Milovslavlevich Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida ish olib boradi.

Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida bolalar futboli bo‘yicha ishlash uchun ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga (Xose Migel Martiarena) poytaxtimizga taklif etildi. U 20 dekabr kuni yurtimizga tashrif buyuradi. Ispaniyalik mutaxassis ham bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini O‘zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyatiga taqdim etadi. Bu dastur o‘rganib chiqilgach, mutaxassisga shartnoma taklif etiladi.

Kiko Zuniga haqida ma’lumot: 1962 yil Ispaniyada tavallud topgan. Futbolchi sifatida "Real Sosyedad" klubi safida to‘p surib, “Copa del Rey” sovrinini qo‘lga kiritgan. Murabbiylik faoliyati davomida "Atletiko" Madrid jamoasining U-13 va U-14 jamoalarini boshqargan va katta natijalarga erishgan. Shuningdek, Kiko Zuniga “Real” Madrid jamoasining Xitoyda joylashgan akademiyasida ham faoliyat yuritgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:21, 16.12.2017.
O'qildi: 5010 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик