Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugundan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini boshladi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugundan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun  19 dekabr kuni Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishdi.

Yig‘in davomida futbolchilar Toshkentdagi "Miran" mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Mashg‘ulotlar Qibraydagi sport bazasida o‘tkaziladi. Maydondagi mashg‘ulotlardan tashqari, futbolchilar trenajyor zallarida ham shug‘ullanishadi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 30 dekabrga qadar yig‘in o‘tkazadi. Yig‘in davomida Qarshida “Nasaf”klubi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bosh murabbiy yig‘inga jami 24nafar futbolchini taklif qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Dilshod Hamroyev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mash’al”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Doston Tursunov (“Neftchi”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akrom Komilov ("Bunyodkor"), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-192”), Jasurbek Yaxshiboyev (“Paxtakor”), Doniyor Narzullayev (“Nasaf”), Suhrob Nurulloyev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O‘rinboyev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”). 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 termasi 2018 yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, vakillarimiz “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:26, 19.12.2017.
O'qildi: 1943 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик