Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Yodgor Sa’diyev: «Yangi format milliy terma jamoamizning shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi»

Yodgor Sa’diyev: «Yangi format milliy terma jamoamizning shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi»

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, o‘z vaqtida darvozabon sifatida to‘p surgan xalqimizning sevimli aktyori Yodgor Sa’diyev "UZREPORT TV" telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Mana O‘FFga yangi rahbariyat kelganiga 100 kun bo‘lmoqda. Federasiya prezidenti Umid Ahmadjonovdan butun O‘zbekistondagi futbol muxlislarining umidi katta! Hozir milliy chempionat yangi formatga o‘tilyapti. Men ochig‘ini aytaman, menga ma’qul bu format. Nimasi bilan ma’qul!? Jamoalarning orasidagi raqobatning kuchayishiga olib keladi bu narsa. Futbol maydonidagi kurashning oshishiga olib keladi, ana shunisi bilan menga juda ma’qul. Endi uchrashuvlar 4 davrada bo‘lib o‘tadi. Har klub mana shu 4 davra uchrashuvlariga alohida tayyorgarlik ko‘radi va o‘yinini kuchaytirib olish imkoniga ega bo‘ladi. Avvalgi 16 ta jamoadan iborat format milliy terma jaomamizning Jahon chempionatlariga chiqishiga ta’siri jihatidan o‘zini oqlamadi, meni fikrimcha. Bu meni shaxsiy, subyektiv fikrim.

Muna bu 12 ta jamoa endi o‘zini ustida ko‘proq ishlaydi. Pro-ligadagi jamoalar Superligaga chiqish uchun ko‘proq harakat qilishadi. Nega? Chunki, jamoalar Superligaga chiqsa, ularning tarkibidagi futbolchilarning maoshlari albatta oshadi va demak bu yerda har tomonlama manfaat va qiziqishlar hisobga olingan. Shu bilan birgalikda bu format, bizning milliy terma jamoamizning shakllanishiga ham ijobiy ta’sir qiladi degan umidlarimiz bor.

Men o‘ylaymanki, bu o‘ylangan loyihalar juda ham pishiq va o‘zbek futbolini jahon arenalariga olib chiqish uchun qilinayotgan ishlardan biri hisoblanadi.

Ming afsus, biz 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga O‘zbekiston bayrog‘i ham hilpiraydi deb umid qilgandik, bu bizga nasib etmadi. Biz endi O‘zbekiston Futbol Federasiyasining yangi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi loyihalar o‘z samarasini beradi, deb niyat qilamiz".

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 01:07, 21.12.2017.
O'qildi: 4482 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.