Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mirjalol Qosimov: «Bolalar futboliga qaratilayotgan e’tibor o‘z samarasini beradi»

Mirjalol Qosimov: «Bolalar futboliga qaratilayotgan e’tibor o‘z samarasini beradi»

Baho:
+ | -

“Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘zbekiston Futbol Federasiyasi yangi rahbariyati klublar, murabbiylar, futbolchilar oldiga qat’iy talablarni qo‘ymoqda. Men o‘ylaymanki, bu o‘z samarasini beradi. Birinchi navbatda bolalar futboliga jiddiy ahamiyat qaratilayotgani ham bejiz emas. Bolalar futboli bu – poydevor. Agar poydevor mustahkam bo‘lsa, imorat baquvvat bo‘ladi. Mana shu yosh futbolchilar kelajakda terma jamoalarimizda to‘p surishadi.

Bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan Serbiya, Ispaniya kabi mamlakatlardan murabbiylar olib kelindi. Ular o‘z mahoratlari va tajribalari bilan yurtimizdagi bolalar futboli mutaxassislari va murabbiylariga katta yordam berishlari aniq.

Klublarni lisenziyalash bo‘yicha stadionlarga qo‘yilayotgan talablar ham juda o‘rinli. Chunki ayrim stadionlardagi maydonlar zamonaviy talablarga javob bermaydi. Masalan, ko‘p stadionlarda yoritish uskunalari ishlamasligi tufayli o‘yinlar ancha vaqtli, muxlislar uchun noqulay vaqtlarda o‘tkazilgan. Mana endi klublar oldiga stadionlardagi yoritish uskunalarini belgilangan talab asosida bo‘lishini ta’minlash vazifasi qo‘yilmoqda. Albatta, bu uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuradigan muxlislar uchun ancha qulayliklar tug‘diradi.

Milliy chempionatimiz 12talik formatga o‘tgani haqida ham ijobiy fikrlarni bildirish mumkin. Bu talablar o‘z samarasini beradi. Chempionatda qancha ko‘p raqobatbardosh jamoalar bo‘lsa, o‘sish bo‘ladi.  Kurash, shijoat kuchayadi. Angliyada o‘z vaqtida kurashni kuchaytirish uchun maydon o‘lchamini kichraytirishgan. Eksperiment sifatida. Kurashlarga boy o‘yin bo‘lsa muxlislar bu o‘yinlarga keladi. Bu bilan maydon o‘lchamini kichraytirish kerak demoqchi emasman. Shunchaki bundan avval e’tibor berilmgan barcha jihatlarga federasiya tomonidan e’tibor qaratilayotgani quvonarli.

12ta formatlik musobaqada oddiy o‘yinlar yo‘q bo‘ladi. Jamoalar kamaytirilganidan keyin kurash kuchayadi. Sport prinsipi kurash, g‘alabaga intilish, chiroyli o‘yin ko‘rsatish, muxlislarni xursand qilish.  Har bitta o‘yinga boshqacha tayyorgarlik ko‘riladi.

Shuningdek, Federasiya tomoindan futbolchilarning jismoniy holati nazorat qilib borilishi ham bejiz emas. Futbolda piyoda yurib g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.  Zamonaviy futbol o‘zgargan. Jismoniy tayyorgarlik birinchi o‘rinda. Fikrlash, texnika bularning hammasi keyingi o‘rinlarda turadi. Futbolchilar jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lsa, natija ham bo‘ladi , - deydi Mirjalol Qosimov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:59, 21.12.2017.
O'qildi: 3948 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.