Rimning “Lasio” jamoasi a’zosi Stefan de Vrey klubini tark etmoqchi.
Gollandiyalikning jamoasi bilan shartnomasi kelayotgan yozda yakunlanadi. Futbolchi kelishuvni uzaytirmoqchi emas.
Rimliklar de Vreyga murojaat bilan chiqqan va javobni aytish uchun yangi yil kunigacha vaqt bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi qishdayoq klubdan ketmoqchi. Uning taxminiy transfer narxi 15-20 mln yevro bo‘lishi kutilmoqda.