Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Umid Ahmadjonov: «Tartib-intizom o‘rnatilmas ekan, natijalar ham salbiylashib boraveradi»

Umid Ahmadjonov: «Tartib-intizom o‘rnatilmas ekan, natijalar ham salbiylashib boraveradi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan milliy chempionatda ishtirok etuvchi klub futbolchilaridan o‘zbek futboli tarixida birinchi marta test-sinovlari olinayotganidan xabaringiz bor.

Bu chora-tadbirlar Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilish, terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlarni yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu kunga qadar O‘FF tomonidan tasdiqlangan reja asosida “Olmaliq”, “Mash’al”, “Navbahor”, “Qo‘qon-1912”, “Sementchi” klublari futbolchilari normativlarni topshirishdi. Normativlar 4ta bosqichdan iborat ekanini avval xabar qilgandik. 

1. 30 metrga yugurish

2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash

3. 7x50 metrga yugurish

4. “Yo-Yo” test

Xo‘sh, milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klublar futbolchilarining normativlar topshirish bo‘yicha natijalari qanday?

E’tiboringizga raqamlarni keltirib o‘tamiz. 30 metrga yugurish va uzunlikka sakrash bo‘yicha hozircha 5ta klubning hech qaysi futbolchisi belgilangan normativlardan o‘ta olmaganini ta’kidlash zarur.

7x50 metrga yugurish va “Yo-Yo” test bo‘yicha natijalar quyidagicha: 

7x50 metrga yugurish 

Klub nomi

Jami

qatnashganlar soni

Normativ

topshirganlar

Normativ

topshira olmaganlar

Foiz

1

“Olmaliq”

32

2

30

6%

2

“Mash’al”

25

4

21

16%

3

“Qo‘qon-1912”

21

1

20

4%

4

“Navbahor”

15

3

12

20%

5

“Sementchi”

21

0

21

0%

 

  “Yo-Yo” test (Signal  bo‘yicha fishkalar orasida 20 m masofaga yugurish)

Klub nomi

Jami

qatnashganlar soni

Normativ

topshirganlar

Normativ

topshira olmaganlar

Foiz

1

“Olmaliq”

29

5

24

17%

2

“Mash’al”

22

2

20

9%

3

“Navbahor”

13

5

8

38%

4

“Qo‘qon-1912”

17

5

12

29%

5

“Sementchi”

21

2

19

9%

Normativlar topshira olmagan futbolchilarga milliy chempionat boshlangunga qadar muhlat beriladi. Ular klub bosh murabbiyi belgilab bergan dastur orqali o‘z ustilarida ishlashlari kerak.

Superliga boshlanishidan avval klub futbolchilaridan yana bir bor normativlar qabul qilinadi. Sinovlardan o‘ta olmagan futbolchilar chempionatda ishtirok eta olmaydilar.

Klublar futbolchilaridan normativlarni qabul qilayotgan pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev bu haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

“Milliy chempionatimiz futbolchilaridan normativlar qabul qilish O‘zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning talabi bo‘lib, bunday normativlar endilikda har doim futbolchilardan qabul qilinadi va ularning jismoniy holati nazorat qilib boriladi.

“Bunday normativlar butun dunyoda topshiriladi. Masalan, “Yo yo test” Yevropaning kuchli chempionati futbolchilaridan ham mavsum oldidan olinadi va ularning tezkorligi, chidamliligi sinovdan o‘tkazib turiladi. Terma jamoamizning xalqaro maydonlardagi  muvaffaqiyatsiz o‘yinlarining asl sababini ham aynan mana shundan qidirish kerak.

Masalan, Jahon chempionati saralash bahslarida qatnashgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari o‘yinlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, uchrashuv oxirlariga kelib futbolchilarning texnik-taktik harakatlar pasaygani, to‘pni olib qo‘yish, sheriklariga oshirish, uzun paslar berish, havodagi to‘p uchun kurash va hokazolarda braklar ko‘payganini ko‘rish mumkin.

Bizning futbolchilar jismoniy jihatdan kuchli bo‘lmaganliklari tufayli 90 daqiqa davomida faol harakat qila olishmadi. Natijada, JCH yo‘llanmasi qo‘ldan boy berildi. Agar milliy chempionatimizda ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati yaxshi bo‘lsa, bu holat terma jamoalarimiz o‘yinlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deydi Shamil Iseev.

O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham normativlar quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

“Bunday normativlar bundan buyog‘iga doimiy ravishda futbolchilardan olinadi. Futbolchilarning jismoniy holati hamisha nazoratda bo‘ladi. Tartib-intizom hamisha birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Qayerdaki, tartib-intizom o‘rnatilmas ekan, o‘sha yerda natijalar ham salbiylashib boraveradi. O‘z ustida ishlamaydigan, tartib-intizomga amal qilmaydigan futbolchi va murabbiylardan natija kutish ham mantiqan noto‘g‘ri. Bir so‘z bilan aytganda, tartib-intizomga rioya qilmaydiganlarga oramizda o‘rin yo‘q”, - deydi Umid Ahmadjonov. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:26, 23.12.2017.
O'qildi: 2724 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.