Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

O‘FF tomonidan bolalar o‘rtasida “Kelajak umidlari” tadbiri o‘tkazilmoqda

O‘FF tomonidan bolalar o‘rtasida “Kelajak umidlari” tadbiri o‘tkazilmoqda

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, joylarda bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Toshkent shahridagi har bir tumanda joylashgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash internatlaridagi tarbiyalanuvchilarni yangi yil bilan tabriklash va ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan sovg‘alar topshirish maqsadida,   joriy yilning 25 dekabridan boshlab “Kelajak umidlari” tadbiri o‘tkaziladi. Bunday tadbirlar 27 dekabrga qadar davom etadi.

Bugundan boshlangan mazkur tadbirda maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari hamda maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol va turli sport musobaqalari o‘tkazilyapti. Tadbir yakunida kelajagimiz umidlari bo‘lgan bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida to‘plar va sport formalari, shuningdek, Faxriy yorliqlar topshirilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston futbol federasiyasi mas’ullari, taniqli futbolchilar va OAV vakillari ishtirok etmoqda. 

Bu loyiha yil davomida butun respublika bo‘ylab davom etadi. Respublikamizdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh bolakaylar muntazam ravishda mana shunday musobaqalarga jalb qilinib, rag‘batlantirilib boriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:34, 25.12.2017.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.