Angliya premyer-ligasining 20-turi doirasida "Manchester Siti" klubi safarda "Nyukasl" mehmoni bo‘ldi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Bu orqali "shaharliklar" APL doirasida safardagi o‘yinlarda ketma-ket qozonilgan g‘alabalar sonini 11taga yetkazishdi. "Chelsi" klubi 2018 yilda shunday seriyani amalga oshirishdi. "Siti" mehmonda bo‘ladigan navbatdagi o‘yinda g‘alaba qozonsa, APLning mutlaq rekordini o‘rnatadi.