Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Bahodir Ahmedov: «Osiyo chempionatida yuqori natijalarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz»

Bahodir Ahmedov: «Osiyo chempionatida yuqori natijalarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgani haqida avvad xabar berib o‘tgandik. Bugun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z yakuniga yetdi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o‘tkazilgan yig‘in va kelgusi rejalar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: 

“Hukumatimiz rahbariyati tomonidan yurtimizda sportni ommaviylashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xususan, o‘zbek futbolini yuqori saviyaga olib chiqishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlash kerak. O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti tomonidan ham futzalni rivojlantirish, futzal bo‘yicha terma jamoalarimizning o‘quv-mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotgani ham qayd etib o‘tish zarur. 

Oldimizda katta musobaqa – futzal bo‘yicha Osiyo chempionati turibdi. Mana shu musobaqada munosib ishtirok etib, yurtimiz nomini xalqaro maydonlarda yanada yuqoriga ko‘tarish uchun tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. 

18 dekabrdan 28 dekabrga qadar 10 kun davomida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdik. Yig‘inda terma jamoaga nomzod bo‘lgan jami 18 nafar futzalchilar ishtirok etishdi. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib bordik. Yig‘in davomida asosiy e’tiborni yosh futzalchilarni sinovdan o‘tkazib olishga qaratdik. Jumladan, bu safargi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga tajribali futzalchilar bilan bir qatorda Akbar Usmonov, Botir Rizayev, Husniddin Nishonov, Ixtiyor Ropiyev, Anasxon Rahmatov kabi yoshlar ham jalb qilindi. 

Yanvar oyida yana ikkita yig‘in o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Dastlabki mashg‘ulotlar Toshkentda o‘tadi. Keyin esa xorijda yana o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Xorijdagi yig‘inni o‘tkazib, Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun Xitoy Taypeyiga uchamiz. 

Xabaringiz bor, guruhimizdan Yaponiya, Janubiy Koreya va Tojikiston terma jamoalari joy olgan. Anchagina kuchli guruh. Shunga qaramay, bo‘lajak Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz”, - deydi Bahodir Ahmedov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:39, 28.12.2017.
O'qildi: 2265 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.