Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi so‘nggi tayyorgarlik bosqichini o‘tamoqda

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi so‘nggi tayyorgarlik bosqichini o‘tamoqda

Baho:
+ | -

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan so‘nggi tayyorgalik bosqichini o‘tamoqda.

Yig‘in davomida futbolchilar Toshkentdagi "Miran" mehmonxonasida istiqomat qilishyapti. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda.

Bugun futbolchilar "Chig‘atoy"dagi sport bazasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativlar topshirishdi. Normativlar O‘zbekiston futbol federasiyasi Ilmiy-uslubiy ta’minot bo‘limi mutaxassislari tomonidan qabul qilindi. Muhim musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi tekshiruvdan o‘tkazilib, ijobiy baholandi.

Yig‘in 30 dekabr kuni yakuniga yetadi. Keyin futbolchilarga ikki kunlik dam beriladi. 2 yanvardan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari yana mashg‘ulotlarga kirishishadi. 4 yanvardan 5 yanvarga o‘tar kechasi terma jamoamiz delegasiyasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoy mamlakatiga uchib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chemionatida “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:48, 28.12.2017.
O'qildi: 3606 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик