Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

O‘zbek futbolidagi uzilish

O‘zbek futbolidagi uzilish

Baho:
+1 | -

Futbolimizning yangi tarixida yorqin g‘alabalar u qadar ko‘p emas. Shu bois ham, 1994 yili Xirosima maydonlarida qayd etilgan zafarni bot-bot esga olaveramiz.

Mana, oradan 23 yil o‘tibdiki, o‘sha chempionlik futbolimiz tarixidagi eng yirik g‘alaba maqomida qolmoqda. Deylik, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yaqinda Tailandning Buriram shahrida tashkillashtirilgan M-150 Cup turniri g‘olibi bo‘ldi.

Tabiiyki, bu g‘alabani 23 yil avvalgisi oldiga qo‘yish mumkin emas. Chunonchi, Tailand musobaqasi shunchaki, kelasi oy Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga qaratilgan tayyorgarlik uchun ahamiyatli edi.

Hattoki, shunday o‘rtoqlik darajasidagi turnir chempionligi ham bizga boshqacha hissiyotlar taqdim etgani esa ayni haqiqat. Ha, chempionlik nimaligini deyarli unutib qo‘ygan ekanmiz...

Oxirgi marta Dilshod Nuraliyev boshqaruvida o‘ynagan O‘zbekiston o‘smirlar termasi Eron mezbonlik qilgan Osiyo chempionati-2011da g‘alaba qozongandi. Mana, navbatdagi xalqaro zafarni naq 6 yil kutishimizga to‘g‘ri keldi.

M-150 Cup musobaqasi har yili tashkillashtiriladi va asosan shu nomdagi quvvatlantiruvchi ichimlik targ‘ibotiga xizmat qiladi. Alohida aytish kerak, bu turnir saviyasi ancha baland. Tailandga taklif etilgan jamoalarga qarab ham, barchasini bilib olish mumkin.

M-150 Cup-2016da Janubiy Koreya yoshlar termasi g‘alaba qozongan ekan. Joriy yilgi turnirda esa Myanma, Vyetnam va Tailand termalaridan tashqari, KXDR, Yaponiya va O‘zbekiston yoshlar jamoalari ishtirok etdi. Bilasiz, finalda yoshlarimiz yaponiyalik tengqurlari bilan to‘qnash kelishdi.

Aynan shu ikkisi musobaqaning eng kuchli jamoalari edi va final mantiqiy ko‘rinish oldi. Teng kuchli jamoalar qarama-qarshiligi har doim yuqori ahamiyat kasb etadi. Shunga yarasha, asosiy vaqtda g‘olib tomon aniqlanmadi - 2:2. Penaltilar seriyasida esa vakillarimiz ustun chiqishdi.

Afsuski, muxlislarimiz bu g‘alaba zavqini yetarlicha tuya olishmadi. Nima uchun? Chunki musobaqani yoritish masalasi haminqadar bo‘ldi. Odatda O‘FF matbuot xizmati xalqaro turnirlar haqida imkon qadar xabar berib turardi. Loaqal «Tvitter» yoki «Feysbuk»dagi sahifalar orqali eng zarur ma’lumotlarni olishga odatlanganmiz.

Imkon topilgan taqdirda esa, o‘yinlar «Sport» telekanalida namoyish etiladi. Ammo bu safar federasiya matbuot xizmati ishi sezilmadi. Vaholanki, O‘zbekiston yoshlar termasi Tailanddan bosh sovrin bilan qaytdi. Boz ustiga, hal qiluvchi bahsda Yaponiya termasidek kuchli raqib dog‘da qoldirildi.

Ravshan Haydarov shogirdlari bu o‘yinga qadar guruh bosqichida Myanma (2:2) va Vyetnam (2:1) terma jamoalariga qarshi o‘ynashgandi. Ammo bu uchrashuvlar haqida nima bilamiz? Kimdir tafsilotlarni aniq aytib bera oladimi?

Yo‘q. Chunki turli nashrlarda uzuq-yuluq ma’lumot berildi, xolos. Futbolimizda g‘alabalar kamligi aytildi, har doim kuzatilmaydigan zafarlarni ham tayinli (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) ko‘rolmasligimiz g‘alati emasmi?

Futbolda natija muhim. Ba’zan bunga erishish uchun muxlislardan nimalarnidir yashirishga to‘g‘ri kelishini tushunamiz, albatta. Ammo muxlislarni butun boshli musobaqadan mahrum qilish aqlga sig‘maydi.

Axir futbol muxlislar uchun-ku. Bilingki, agar qaysidir hamyurtimiz golf yoki kriket bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan taqdirda ham, futbolda uchralgan bitta mag‘lubiyatchalik qiziqish uyg‘otolmaydi, baribir. Chunki futbolni yaxshi ko‘raveramiz, unga talpinaveramiz.

Shunday ekan, hattoki, DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:04, 29.12.2017.
O'qildi: 2861 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.