Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Neftchi» klubi xodimlari zavod ishchisiga aylanadi

«Neftchi» klubi xodimlari zavod ishchisiga aylanadi

Baho:
+ | -

Bugun yurtimizdagi bir qator sportga ixtisoslashtirilgan sayt va ijtimoiy tarmoqlarda “Neftchi” klubining tarqatib yuborilishi yoki klubning bosh homiysi FNQIZ jamoa xodimlarini ishdan olgani haqidagi xabarlar tarqaldi. “Neftchi” klubi mazkur ma’lumotlarni to‘liq asossiz deya baholaydi.

Haqiqat ham 29 dekabr kuni Qirgulidagi qarorgohda FNQIZ va klub xodimlari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda zavod rahbariyati birinchi o‘rinda jamoa vakillarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, “Neftchi” jamoasiga 2018 yilgi mavsumda omad va zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi ikkinchi masalaga to‘xtalib o‘tildi. Ya’ni yanvar oyidan boshlab “Neftchi” klubida yangi shtat setkasi ishlab chiqiladi. Shu sababli, bugungi kunga qadar jamoada mehnat qilib kelgan barcha ishchi-xodimlar FNQIZ ixtiyoriga o‘tkazildi. Ular mehnat jarayonlarini zavod xodimi sifatida davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

“Neftchi” klubi rahbariyati yanvar oyidan boshlab yangi shtat setkasi asosida bir qator xodimlarni yana klubga qaytaradi. Jamoa futbolchilari ayni paytda ta’tilga chiqishgan. “Neftchi” futbolchilari 5 yanvardan tayyorgarlikni boshlashadi. 10 yanvargacha esa tayyorgarlikning navbatdagi bosqich rejasiga aniqlik kiritiladi.

“Neftchi” matbuot xizmati.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 14:13, 30.12.2017.
O'qildi: 7606 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.