Ayni paytda erkin agentga aylangan Lassana Diarraga “PSJ” qiziqayotgani haqida xabar bergandik. Buni qarangki, Diarraning xaridorlari ko‘payibdi.
“Haberturk” nashrining yozishicha, 32 yoshli futbolchiga “Fenerbaxche”, “Galatasaroy”, “Manchester Yunayted”, “Milan” va “Sent-Etyen” klublari qiziqish bildiryapti.
Diarra o‘zi istagan klubga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin.