Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Qora jodu ta’sirida yoxud kamtar «Benevento» tarixi haqida

Qora jodu ta’sirida yoxud kamtar «Benevento» tarixi haqida

Baho:
+ | -

2005 yil yozida Italiya janubida joylashgan mo‘’jazgina Benevento shahri jamoasi soliqlar va boshqa to‘lovlardan bo‘lgan katta qarzlar bois rasmiy ravishda tugatilishi kerak edi.

Ammo eng so‘nggi lahzalarda sevimli jamoasi joniga Oreste Vigorito oro kirdi - u kreditlar yordamida klub qarz­larini to‘ladi.

O‘sha paytlarda hech kim nomi ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan tadbirkor bu ishga nima uchun qo‘l urganini tushunmagandi. Javob oradan 10 yil o‘tgandan keyingina topildi.

2015 yili «Benevento» pro-ligada mustahkamlanib oldi va yangi mavsumga astoydil tayyorlana boshladi. O‘shanda ligada absolyut favorit sifatida «Lechche» sanalar va bu klub chindan ham katta farq bilan jadvalda yetakchi edi.

Ammo chempionat oxiriga borib kutilmagan holat yuz berdi - jamoa mag‘lubiyatlar girdobiga tushib qoldi. Bundan foydalangan «Benevento» esa pistirmada turganday yetakchilikni ilib ketdi va o‘n yil avval yo‘qlikka hukm qilingan klub «V» seriyasiga chiqdi!

Ammo «Benevento»ni endi to‘xtatib bo‘lmasdi - jamoa «pley-off» orqali «A» seriyasiga yorib kirdi. Natijada shahar ko‘chalari chinakamiga bayram tusini oldi: «Karpi» ustidan tarixiy g‘alabaga erishilgan sanani Italiya janubidagi kichkinagina shahar aholisi shu darajada katta nishonladiki, hatto kosmosdan turib ham buni ko‘rishgan bo‘lsa ajab emas.

Ammo o‘shanda hech kimni «Benevento» «A» seriyasidagi bahslarga mutlaqo tayyor emasligi qiziqtirmasdi: na tarkib, na moliyaviy va na infratuzilma jihatidan.

Oreste Vigorito dastlab mavjud muammolarga bo‘lgan e’tibordan hayratlantiruvchi sitatalar bilan qutulmoqchi bo‘ldi: «Biz «V» seriyada qayta paydo bo‘lishni rejalashtirmayapmiz. Ishonchim komilki, yuqori divizionda mustahkamlanib olishga kuchimiz yetadi».

Ammo «Benevento» qaysi ligaga chiqib olganligini tushunmayotganday edi: klub xarid qilgan eng taniqli futbolchi - «Xerakles» forvardi Samuel Armenteros va «Atalanta» vingeri Marko D~Alessandro bo‘ldi. Eng so‘nggi lahzalarda esa «La­sio»dan Danilo Kataldi ijaraga olindi.

Dastlab «Benevento»ning hujumkor futboli yomon ko‘rinmadi. Hatto o‘ta kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda ham jamoa chiroyli kombinasiyalar yaratdi va doimiy ravishda hujum qildi. Ammo turdan-turga «Benevento»ning ruhi pasayib borayotgani kuzatildi.

«Torino»ga qarshi uyda o‘tkazilgan o‘yindagi mag‘lubiyat bu borada eng so‘nggi tomchi bo‘ldi: 92 daqiqa maydonda teng kurash bordi va bu final hushtagi yangrashiga sanoqli soniyalar qolganida turinliklar forvardi Yago Falke hisobni ochgunicha davom etdi. Shundan keyingi o‘yinlarda esa jamoa­ning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoldi.

«Benevento» sardori Fabio Luchione bilan yuz bergan mojaro esa klubni jarga qulatdi. Tekshiruvlarning birida ma’lum bo‘ldiki, himoyachi taqiqlangan moddalarni iste’mol qilgan ekan va bu uni 4 yilga o‘yinlardan diskvalifikasiya qilinishiga olib kelishi mumkin.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Luchione himoyasiga Vigorito qo‘l urdi: «Hammasiga jarohatlar ustiga surtiladigan krem aybdor. Futbolchi mashg‘ulotlarda jarohat olgach, shifokor Luchionega dorixonalarda erkin sotiladigan kremni surtdi. Bu doping ishi ochilishiga sabab bo‘lmasligi lozim.

Bunday masala ko‘tarilganda oddiygina tasodifni ham e’tiborga olish kerak-ku, axir. Luchione - reseptga amal qiladigan oddiy yigit, xolos».

O‘z yetakchisisiz qolgan jamoa uy o‘yinida «Fiorentina»dan 3ta gol o‘tkazib yubordi va bu Vigorito uchun so‘nggi tomchi bo‘ldi: ertasi kuni u bosh murabbiy Marko Baronini ishdan bo‘shatdi.

«A» seriyasi bilan Baroni hamon til topisha olmayapti. 2009 yilda u «Siyena»ni tark etgan Marko Jampaolo o‘rnini egallagandi. Natija kutilganidek bo‘lmadi: 1 durang va 3 mag‘lubiyat.

Oradan 8 yil o‘tgach, uning «Benevento»si antirekord o‘rnatdi - hozirgacha Yevropadagi hech bir klub ketma-ket 14 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagandi!

Klubni qutqarishni Vigorito «Napoli» eks-xavbegi Roberto de Serbiga topshirdi, chunki u doimo hujumkor futbol o‘ynab kelgan. «Biz «A» seriyasidan tushib ketmasligimizga hamon ishonaman», - dedi «Benevento» prezidenti navbatdagi marta. Bu safar unga hech kim ishonmaganligi aniq.

De Serbi davrida jamoa birorta ham ball ololmadi, bu esa «Benevento» muxlislarini qayg‘uga solishi aniq. «Qizil-sariqlar» doi­miy ravishda so‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yuborishyapti: «Benevento» «Torino», «Sassuolo» va «Atalanta»ga qarshi o‘yinlarda shu bois qimmatli ochkolarni boy berdi.

- Chor-atrofdan jamoamiz sharafiga maqtovlar yog‘dirilmoqda, ammo biz hamon ochko ololmayapmiz. Barchasiga jodugarlar aybdor, boisi ular doim shahrimizga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelishgan, - degan xulosaga keldi Vigorito.

O‘rta asrlarda Benevento shahri Maleventum deb nomlangan, buning ma’nosi «fojiali voqealar makoni» demakdir. Ayrimlar mazkur shaharni jodugarlarning norasmiy poytaxti deb bilishgan.

Ba’zi hollarda «qora jodu» «Benevento» foydasiga ishlayotgandek tuyuladi. «A» seriyasidagi ilk ochkosini jamoa qay tarzda qo‘lga kiritganini butun «ko‘hna qit’a» yodida saqlab qolgan bo‘lsa, ne ajab: «Milan»dan, qo‘shib berilgan daqiqalar oxirida darvozabon tomonidan urilgan gol hisobiga.

Albatta, Vigorito nohaq: «Benevento»ning qulashi tayin. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, bunda­yin yovvoyi performans haqqi-hurmati klubning yuqori ligaga sakrashi arzirli holat.,

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:01, 04.01.2018.
O'qildi: 2197 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.