Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

«Qo‘qon-1912»: Hoshimov, Taran va Yusupovlar mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda

«Qo‘qon-1912»: Hoshimov, Taran va Yusupovlar mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda

Baho:
+ | -

Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz futbolchilari , kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazishmoqda.

Mashg‘ulotlarning bir mahali trenajyor zalida o‘tayotgan bo‘lsa, yana bir mahalida futbolchilar stadionda ter to‘kmoqdalar.  Jamoamiz tarkibida bir nechta futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda. Davron Hoshimov, Igor Taran, darvozabon O‘tkir Yusupovlarning jamoamiz mashg‘ulotlarida ishtirok etayotganidan  xabaringiz bor. Jamoamizning yosh, umidli ximoyachisi Avazxon Mamatxo‘jayev esa kechadan Namanganning "Navbahor"  jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Agar Mamatxo‘jayevning harakatlari Ilhom Mo‘minjonovga ma’qul bo‘lsa, Avazxon kelgusi mavsumni Namanganliklar safida ijara asosida o‘tkazishi mumkin.

Toshkentdagi o‘quv- yig‘ini davomida jamoamiz murabbiylari 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvini  o‘tkazishni o‘z rejalariga kiritishgan. Dastlabki nazorat o‘yini 8-yanvar kuni Muborakning "Mash’al" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Bundan tashqari 14-yanvar kuni "Navbahor", 23-yanvar kuni esa "Buxoro"  jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkaziladi. Shuningdek 18-yanvar kuniga ham bitta uchrashuv belgilangan bo‘lib, bu borada raqiblar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

"Qo‘qon-1912" futbol klubining matbuot xizmati barcha nazorat o‘yinlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali siz aziz muxlislarga onlayn tarzda translyasiya qilib borishni reja qilgan.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 13:59, 06.01.2018.
O'qildi: 2847 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.