Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Omon G‘ofurov: «Professional klubda akademiya bo‘lishi zarur»

Omon G‘ofurov: «Professional klubda akademiya bo‘lishi zarur»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘FF tomonidan O‘zbekistonning professional klublari o‘rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlangach, unda qayd etilgan talablar haqida O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Talablar haqida

- Biz FIFA hamda OFK reglamentini yaxshilab o‘rganib chiqdik. Professionallikni da’vo qiluvchi har bir klubda, eng avvalo, akademiya bo‘lishi shart. Klub o‘z tarbiyalanuvchilari asosida shakllantirilishi zarur.

Shuningdek, klublar kelajakda akademiyada yetishib chiqqan iste’dodli futbolchilarni boshqa klublarga sotish yoki ijaraga berish orqali yaxshigina mablag‘ ishlab olishi mumkin.

Ayollar va futzal jamoasiga ega bo‘lish ham juda muhim. Shu tariqa mazkur klubning nufuzi oshadi, unga bo‘lgan qiziqish kuchayadi.

Format haqida

- Milliy chempionatimiz formati 16ta klubdan 12ta klubga o‘zgartirildi. Endilikda Superliga jamoalari ikki bosqichda, dastlab ikki davradan iborat uy-safar tizimida bahs olib borishadi.

Ikkinchi bos­qichda esa, jamoalar o‘z o‘rinlaridan kelib chiqib, 1-6-o‘rinlardagi jamoalar hamda 7-12-o‘rinlardagi jamoalar yana ikkita guruhga bo‘linadilar va uy-safar tizimida maydonga tushadilar. Bunda «oltin ochko» qoidasi amal qiladi.

Ya’ni, 1-6-o‘rinlarni egallagan jamoalarning 7-12-o‘rinlardagi jamoalar bilan o‘tkazgan uchrashuvlaridagi barcha natijalar chiqarib tashlanadi. 1-6-gacha bo‘lgan jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar ochkolari saqlab qolinadi. Shuningdek, 7-12-o‘rinlardagi jamoalar ochkolari ham xuddi shunday tarzda hisoblanadi.

Pro-ligada 1-o‘rinni egallagan jamoa Superligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. Superligada 12-o‘rinni olgan jamoa Pro-ligaga tushib ketadi. Pro-ligadagi 2 va 3-o‘rin sohiblari Superliganing 10 va 11-o‘rinlardagi jamoalari bilan o‘tish bahs­larida ishtirok etishadi.

Bu o‘zgarishdan asosiy maqsad milliy chempionatimizdagi kurashni kuchaytirish, uchrashuvlardagi shiddatni yanada oshirishdan iborat. Endilikda yuqori o‘rinlarda borayotganlar bilan autsayderlar o‘rtasida farq oldingidek katta bo‘lmaydi.

Shuningdek, Superliga klublarining yoshlar jamoalari U-14, U-16, U-18 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida ishtirok etishadi. Ilgari ushbu yosh toifalarida O‘zbekiston birinchiliklari o‘tkazilmagan. PRO-liga yoshlar jamoalari esa U-14 va U-16 toifalarida o‘zaro bahs yuritishadi.

Stadionlarga qo‘yiladigan talablar haQida

- Chiroyli va tomoshabop futbol namoyish etish uchun birinchi navbatda shunga mos maydon bo‘lishi kerak. Ana shundan kelib chiqqan holda, Superligada ishtirok etadigan klublar maydonining chimi borasida alohida talablar qo‘yildi. Ya’ni, chim xalqaro talablarga javob beradigan, yuqori sifatli bo‘lishi zarur.

Shuningdek, stadionda muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratilishi, jurnalistlar, yuqori martabali mehmonlar uchun alohida tribunalar ajratilishi shart. Bundan tashqari, stadionlarda yoritish uskunalari 1200 lyuks bo‘lishi kerakligi reglamentda ko‘rsatib o‘tildi.

Ko‘pgina stadionlarda shu paytga qadar yoritish tizimi yaxshi ishlamagani tufayli o‘yinlarni vaqtli, kunduz kuni o‘tkazishga majbur bo‘lishayotgandi. Buning natijasida muxlislar tashrifi kama­yib ketgani hech kimga sir emas. Ishqibozlarni stadionlarga qaytarish uchun, eng avvalo, o‘yinlar vaqtini ular uchun qulay paytga tayinlash zarur edi.

Shundan kelib chiqqan holda, yangi mavsumdan boshlab Superliga uchrashuvlari soat 18:00dan keyin boshlanishi reglamentga kiritildi. PRO-liga hamda O‘zbekiston kubogi o‘yinlari esa soat 17:00dan keyin start oladi.

Legionerlar limiti haqida

- O‘zbekiston Superligasi ishtirokchi klublari endilikda 5 nafargacha xorijlik futbolchilarni 4+1 formatida ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishadi. So‘nggi yillarda chempionatimizda legioner darvozabon o‘ynashi mumkin emasdi.

Bu taqiq ham bekor qilindi. Qolaversa, klub tizimida ishlaydigan xodimlar borasida ham aniq lavozimlar bo‘yicha kimlar faoliyat olib borishi reglamentda ko‘rsatib o‘tildi.

Muxlislik madaniyatini oshirish haqida

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:03, 07.01.2018.
O'qildi: 2851 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.