Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

La liga. «Barselona» ortiqcha muammoga duch kelmadi

La liga. «Barselona» ortiqcha muammoga duch kelmadi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Levante"ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 12-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi.  Messi jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qilib, chap qanotdan ichkariga kirayotgan Albaga havodan uzatma berdi. Xordi bosh bilan to‘pni jarima maydonchasining markaziga qaytardi. Messi esa to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 7 daqiqa qolganida "ko‘k-anorranglilar" ikkinchi golni raqib darvozasiga urishdi.  Serji Roberto o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Luis Suares esa to‘pni egalladi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda Valverde ancha xotirjam harakat qilishdi. Faqatgina bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisob yirik ko‘rinishga keltirildi. Leo Messi raqib jarima maydonchasi ichida 2-3 futbolchini aldadi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Paulinyo to‘pga oyoq qo‘ydi va gol!

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 48taga yetkazdi va La ligada peshqadamlik qilishda davom etadi.

Ispaniya La ligasi, 18-tur
Barselona – Levante 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 12 Messi, 2:0 – 38 Suares, 3:0 – 90 Paulinyo.
Barselona – ter Shtegen, Vermalen, Maskerano, Alba, Paulinyo, Serdji Roberto (Xose Arnais, 85), Inyesta (Andre Gomesh, 76), Rakitich, Dembele (Nelson Semedu, 67), Messi, Suares.
Levante – Olasabal, Kabako, Luna, Mur, Postigo, Lerma (Rober, 62), Lukich, Dukure, Jeyson (Samu, 83), Ivi Lopes, Boateng (Nano, 74).
Ogohlantirishlar: Lerma (8), Postigo (31), Boateng (70), Rober (84).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:08, 07.01.2018.
O'qildi: 6943 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик