Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Rustam Tolibjonov: "Joriy yilda bolalar o‘rtasida 1000ga yaqin musobaqa va tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan"

Rustam Tolibjonov: "Joriy yilda bolalar o‘rtasida 1000ga yaqin musobaqa va tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Mamlakatimizda bolalar va ommaviy futbolni rivojlantirish borasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bolalar futboli murabbiylarini malakasini oshirish uchun xorijdan bir qator mutaxassislar taklif qilinyapti, turli yoshdagi bolalar va o‘smirlar o‘rtasida musobaqalar tashkil etilmoqda. 

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Texnik rivojlantirish boshqarmasi direktori Rustam Tolibjonov bolalar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va 2018 yildagi rejalar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘tgan yilda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va futbolni ommalashtirish borasida bir qator musobaqalar tashkil etilib, turli tadbirlar o‘tkazildi. Birgina misol keltiradigan bo‘lsak, dekabr oyida Toshkent shahridagi har bir tumanda joylashgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash internatlarida "Kelajak umidlari" deb nomlangan tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda O‘FF vakillari va mashhur futbolchilar ishtirok etib, kelajagimiz umidlari bo‘lgan bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida to‘plar va sport formalari, shuningdek, Faxriy yorliqlar topshirildi.

2018 yilda ham butun respublika bo‘ylab bolalar va o‘smirlar o‘rtasida 1000ga yaqin chempionatlar, birinchiliklar, Kubok bellashuvlari, musobaqalar va festivallar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlarga respublikamizning barcha hududlaridagi 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar jalb qilinadi.

Bunday musobaqalarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, turli yoshdagi terma jamoalar uchun nomzodlarni saralab olishdan iborat bo‘lib, bir qator hududiy va O‘FF seleksionerlari mazkur tadbirlarni kuzatib borishi rejalashtirilgan. Shuningdek, bunday tadbirlar orqali mamlakatimizdagi o‘g‘il va qiz bolalarni futbol bilan tizimli ravishda shug‘ullanishga jalb qilish ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mazkur musobaqalar hakamlar uchun tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Uchrashuvlarni boshqarib borishga jalb qilingan hakamlar faoliyati instruktorlar tomonidan baholab boriladi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, hakamlar saviyasini yanada oshirish uchun tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

Yil davomida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun butun respublika bo‘ylab sport majmualari va maydonlar beg‘araz taqdim qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘alari sifatida to‘plar, sport liboslari, faxriy yorliqlar taqdim etiladi. Shuningdek, musobaqa g‘oliblariga Kuboklar, medallar va qimmatbaho sovg‘alar topshirilishi rejalashtirilgan", - deydi O‘FF Texnik rivojlantirish boshqarmasi direktori.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:20, 08.01.2018.
O'qildi: 2490 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик