Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

O‘FF “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan memorandum imzoladi

O‘FF “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan memorandum imzoladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ular o‘rtasida futbolni ommalashtirish hamda muxlislik madaniyati rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Memorandumga ko‘ra, O‘zbekiston futbol federasiyasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorlikda bolalar va o‘smirlar futboli ommaviyligini ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul futbol guruhlari tashkil etish, havaskor futbolchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Futbolimiz kelajagi”  va “Charm to‘p” turnirlarini tashkil etish va o‘tkazish, ularda o‘zini har tomonlama ko‘rsata  olgan havaskor futbolchilarni professional jamoalarga tavsiya qilish, joylardagi mahalla bolalari o‘rtasida  turli futbol festivallari, bayram tadbirlari tashkil etish, mahallalarda barpo etilgan futbol maydonlaridan maqsadli foydalanish ishlarini yo‘lga qo‘yish, ularni asosan bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalar uchun muvofiqlashtirish kabi chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Hamkorlikda o‘tkaziladigan hududiy va respublika miqyosidagi futbol musobaqalarida g‘oliblikka erishgan futbolchilar va ularning murabbiylari muntazam ravishda rag‘batlantirilib boriladi.

Tez orada O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklari bilan ana shunday memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:03, 08.01.2018.
O'qildi: 2528 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.