Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Real» «Ronaldu»ni sotishi kerakmi?

«Real» «Ronaldu»ni sotishi kerakmi?

Baho:
+ | -

Futbol olamida oxirgi paytlarda shunaqa voqealar sodir bo‘lyaptiki, «Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q», degan naql o‘z isbotini topmoqda. Neymarning «Barselona»dan 222 mln yevro evaziga ketishi, Koutinyoning «Barselona»ga kelishi, xullas, bunday shov-shuvli voqealarni istagancha keltirish mumkin. Ana shunday hodisalardan yana biri Ronaldu atrofidagi mojarolardir.

ASLIDA, SABAB NIMA?

Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolab, maoshini sezilarli darajada oshirganidan keyin portugaliyalik futbolchining yuragiga g‘ulg‘ula oraladi. Go‘yoki Ronaldu o‘zini kamsitilgandek his qildi. To‘g‘ri, Messining maoshi unikidan ikki baravar ko‘p, ehtimol, xuddi shu omil Krishtianuning g‘ashiga tegayotgandir. Biroq oynaning ikkinchi tomoni ham bor.

Birinchidan, Messi va Ronalduning ayni paytdagi darajasi bir-biridan farq qiladi. Messi 30 yoshda, Ronaldu esa 32 yoshni qarshiladi. Tabiiyki, futbolda yosh ham katta ahamiyatga ega. Qanchalik ko‘p shug‘ullanmasin, baribir, ayni paytda Ronalduning maydondagi imkoniyatlari Messinikidan pastroq baholanadi. Tezligi va bo‘yini hisobga olmasa, portugaliyalik yulduzning Messidan ustun jihati yo‘q. Messining ustun jihati esa bor — texnika, dribling, jarima zarbalarini ustalik bilan amalga oshirish. Aynan shuning uchun ham Messining maoshi Ronaldunikidan ko‘p ekanligini adolatli desa bo‘ladi.

Ikkinchidan, Ronaldu bundan ikki yil oldin hozirgi Messining o‘yinini ko‘rsatardi, ehtimol, undan yaxshiroq o‘ynardi ham. U paytda Ronaldu jamoasining har tomonlama — ham jismonan, ham ruhan yetakchisi edi. Ya’ni maydonda ham ko‘p ishni qoyillatardi, ham jamoasining ruhiyatini ko‘tarib turardi. Bugun esa Ronaldu maydonda faqat ruhiy dalda bo‘lmoqda, xolos. Kerakli vaziyatlar gollarni qalashtirib tashlaydigan va jamoasining joniga ora kiradigan Ronalduni hozir unchalik topolmayapmiz yo‘q. Bu «Selta»ga qarshi o‘yinda ham yaqqol bilindi. Krishtianu jamoasining joniga ora kira olmadi.

RONALDUNING O‘RNI SUSAYDIMI? davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 09:41, 11.01.2018.
O'qildi: 9112 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.