Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

Aylana-aylana qozig‘ini topgan «ot»

Aylana-aylana qozig‘ini topgan «ot»

Baho:
+ | -

Faxriylik dovoniga yetgan 30 yoshli futbolchining top-klubga o‘tishi – kamdan-kam uchraydigan holat.

Agarda u bir nomdor klubni ikkinchisiga almashtirmayotgan bo‘lsa, albatta. Odatda, grandlar noyob iqtidor sohiblarini o‘smirlik chog‘idayoq egallab olib, tarkibdan munosib joy topolmay qolgan taqdirda doimiy hamkorlik qiladigan jamoalarga ravo ko‘radilar.

«Qariya»larga esa faqat favqulodda hollardagina qandaydir muammoni bartaraf etish maqsadida murojaat qilishadi.

Sandro Vagner bilan aynan shunday voqea yuz berdi – 10 yillik umrini o‘rtamiyona jamoalarda baholi-qudrat o‘tkazgan hujumchi «Bavariya» safiga qo‘shildi.

«Bavariya» uchun mahalliy kadr

Ko‘plab jamoalarda to‘p surgan bo‘lsada, «Bavariya» Vagner uchun qadrdon klub hisoblanadi. Myunxenda dunyoga kelgan futbolchi ilk mashg‘ulotlarni «Gerta»da boshlagan.

Biroq 8 yoshida «Bavariya» skautlari e’tiborini qozonib, mamlakatning bosh klubi tizimidan joy oldi. O‘smirligida yorqin kelajakka umid uyg‘otgan hujumchi katta futbolga o‘tishda qiyinchiliklarga duch keldi. «Bavariya»ning ikkinchi jamoasi tarkibida 44 marta maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylandi.

Shunga qaramay, Ottmar Xittsfeld yosh hujumchiga imkoniyat berishga qaror qilib, asosiy tarkibdan joy ajratdi. Vaholanki, murabbiy ixtiyorida Kloze, Toni va Podolski kabi mohir hujumchilar to‘p surishardi. Ammo 20 yoshli Vagner ishonchni oqlay olmadi.

Uzoqqa cho‘zilgan «adaptasiya»

Oqibatda Sandro 2-liga vakili - «Duysburg»ga o‘tishga majbur bo‘ldi. Uning quyi diviziondagi faoliyati o‘ta yorqin bo‘lmasada, elita vakillarining e’tiborini jalb eta oldi.

Biroq «Duysburg»dagi tiklanish Bundesliga uchun kamlik qildi. «Verder» va «Kayzerslautern»da futbolchi talab darajasida to‘p sura olmadi. Natijada yana quyi ligaga qaytishiga to‘g‘ri keldi va «Gerta» bilan kuchlilar safidan o‘rin olish uchun kurashga kirishdi.

To‘g‘ri, Vagner berlinliklar safida ham sermahsul o‘ynay olmadi. Lekin mazmunli va foydali harakatlangani mutaxassislar tomonidan tan olindi.

Lift yuqorilamoqda

2015 yilga qadar 27 yoshli hujumchining kelajagi mavhum edi. Shartnomaga binoan Sandro yana bir mavsum «Gerta» sharafini himoya qilish huquqiga ega edi. «Keksa xonim» esa uni elita debyutanti - «Darmshtadt»­ga tekinga sovg‘a qildi va no‘noq hujumchidan xalos bo‘ldi.

Biroq Vagner «Darmshtadt»da o‘z o‘yinini topib, mavsum davomida shu paytgacha Bundesligada qayd etgan natijalaridan ko‘proq mahsuldorlikni namoyish etdi.

Yakunda «Xoffenxaym» uni 3 mln. yevro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Sandro esa o‘z jamoasi bilan shunchaki elitada to‘p surish emas, balki yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashga kirishdi.

«Irkit o‘rdak» «oqqush»ga aylandi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:45, 11.01.2018.
O'qildi: 4842 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz